Amikasin ukoli to’liq malumot oling

Amikasin ukoli to’liq malumot oling

💉 Amikasin ukoli

📜 Preparat xaqida asosiy maʼlumotlar

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

💧 faol modda: amikatsin sulfati (amikatsinga qayta hisoblanganda) – 500 mg.

⁉️ Ta’rifi: oq yoki deyarli oq rangli kukun, gigroskopik.

📝 Preparatning savdo nomi:

Amikatsin

🧬 Farmakalogik guruhi:

antibiotik (aminoglikozidlar guruxi)

💉 Dori shakli:

vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun

👉 Taʼsir mexanizmi:

Keng ta’sir doirasiga ega yarimsintetik antibiotik, bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.

Ribosomalarning 30S subbirliklari bilan bog‘lanib, transport va matritsali RNK kompleksini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, oqsil sintezini bloklaydi, shuningdek bakteriyalarning titoplazmatik membranalarini buzadi.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar – Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Klebsiella spp., Serratia spp., Providencia spp., Enterobacter spp., Salmonella spp., Shigella spp.; ba’zi grammusbat mikroorganizmlarga – Staphylococcus spp.

(shu jumladan penitsillinga, ba’zi tefalosporinlarga chidamli) nisbatan yuqori faol; Streptococcus spp.

ga nisbatan o‘rtacha faol.

Benzilpenitsillin bilan bir vaqtda buyurilganida Enterococcus faecalis ning shtammlariga nisbatan sinergik ta’sir ko‘rsatadi.

Anaerob mikroorganizmlarga ta’sir qilmaydi.

Amikatsin boshqa aminoglikozidlarni faolsizlantiradigan fermentlarning ta’siri ostida faolligini yo‘qotmaydi va tobramitsin, gentamitsin va netilmitsinga chidamli Pseudomonas aeruginosa ning shtammlariga nisbatan faolligi saqlanib qolishi mumkin.undefined

🔥 Qoʻllanilishi:

Grammanfiy mikroorganizmlar (gentamitsin, sizomitsin va kanamitsinga chidamli) yoki grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarni assotsiatsiyasi chiqargan infektion-yallig‘lanish kasalliklari: nafas yo‘llarining infektiyalari (bronxit, pnevmoniya, plevra empiyemasi, o‘pka abstessi), sepsis, septik endokardit, markaziy nerv tizimining (MNT) infektiyalari (shu jumladan meningit), qorin bo‘shlig‘ining infektiyalari (shu jumladan, peritonit), siydik jinsiy yo‘llarining infektiyalari (piyelonefrit, tistit, uretrit), teri va yumshoq to‘qimalarning yiringli infektiyalari (shu jumladan, infektiyalangan kuyishlar, infektiyalangan yaralar va turli genezli yotoq yaralar), o‘t-safro yo‘llari, suyaklar va bo‘g‘imlarning infektiyalari (shu jumladan osteomiyelit), jarohat infektiyalari, operatsiyadan keyingi infektiyalarda qo‘llanadi…

Dorixona
Amikasin ukoli