
AMIGDALIN haqida malumot bilib oling.
AMIGDALIN — glyukozidlar sinfiga mansub tabiiy organik birikma. Achchiq bodomda (2,5 — 3,5%), shaftoli (2—3%), olxoʻri (1 — 1,8%), olcha (0,8%) danagida, olma, nok urugʻida va b. da boʻladi. Amigdalin — yaltiroq plastinkasimon modda. Suyuklashish t-rasi 215°, suvda va qizdirilgan spirtda yaxshi eriydi. Amigdalinning kislotalar hamda achchiq bodom mevasining suvdagi ekstraktida boʻladigan emulsin fermenti taʼsirida gidrolizlanishi natijasida D-glyukoza, benzaldegid va sianid kislota hosil boʻladi. Amigdalin odam ichagida fermentlar va bakteriyalar taʼsirida parchalanib, sianid kislotaga aylanadi va organizmning zaharlanishiga olib keladi.
Ensiklopediya.uz
AMIGDALIN