
AMFIBIYA haqida malumot bilib oling.
«AMFIBIYA» (yun. amphibios — ikki xil hayot kechiruvchi) — 1) suvda va quruqlikda yura oladigan avtomobil; kuzovi suv oʻtkazmaydi, suvda suzganida eshkak vinti yoki suv otuvchi harakatlantirgichi uni yurgizadi; suv ruli yordamida boshqariladi;
2) yerdan va suvdan koʻtariladigan hamda yerga va suvga qoʻnadigan, gʻildirakli shassisi boʻlgan samolyot;
3) qorda, suvda, muzda harakatlanishi uchun changʻili kuzovi oʻrniga qayiqchangʻi oʻrnatilgan aerochana; 4) suvda va quruklikda harakatlanadigan jangovar mashina (tank, bronetransporter va b.).
Ensiklopediya.uz
AMFIBIYA