AMERIKACHA QURILMA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMERIKACHA QURILMA haqida malumot bilib oling.

AMERIKACHA QURILMA — oʻrta va kichik oʻlchamli teleskoplarni oʻrnatishda qoʻllaniladigan qurilma. 19-a. da ixtiro etilgan. Teleskopning pastki qismi A q. qutb oʻqining ayrisimon uchi ichiga kirib turadi. Amerikacha qurilma yordamida oʻrnatilgan teleskop vositasida osmonning istalgan nuqgasidagi kosmik jismni kuzatish mumkin. Amerikacha qurilmaning boshqa (nemischa va inglizcha) turdagi qurilmalardan afzalligi: bu kurilmada teleskop trubalarini muvozanatda saqlab turadigan ogʻir posangi toshning boʻlmasligidadir. Aqli birinchi teleskop AQSHdagi Maung Vilson rasadxonasiga oʻrnatilgan.

Ensiklopediya.uz
AMERIKACHA QURILMA