AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI EKSPORT-IMPORT BANKI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI EKSPORT-IMPORT BANKI haqida malumot bilib oling.

AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI EKSPORT-IMPORT BANKI, Eksimbank (Bank of the United States) — AQSHning mamlakat eksport-import operatsiyalarini kreditlash boʻyicha davlat banki. Aksariyat 5 yildan va undan ortiq muddatga kreditlar, kafolatlar beradi. 1934-y. da hukumat tomonidan «Vashington eksport-import banki» nomi bilan tashqi savdoni moliyalash uchun tashkil etilgan. 1968-y. dan hoz. nomda. Bank xorijiy xaridorlarga kreditlar va eksport kreditlari boʻyicha kafolatlar beradi, eksport kreditlarini sugʻurtalash, Amerikadagi kreditor xususiy banklarning eksport veksellarini hisobga olish va b. b-n shugʻullanadi. Sarmoyasi 1 mlrd. dollar. Resurslarning asosiy manbai AQSH pul bozori vositalari va davlat xazinasining uzoq muddatli qarzlari. Kreditlar va kafolatlarning yillik hajmini AQSH kongressi belgilaydi. Mazkur bank Oʻzbekiston AQSHdagi «Keys korporeyshn» kompaniyasidan kredit va moliyaviy lizing shartlarida q. x. texnikasi (gʻalla oʻrish kombaynlari, paxta terish mashinalari, haydov traktorlari)ni sotib olishida xorijiy banklarning kreditlarini sugʻurta qoplamasi bilan taʼminlashda ishtirok etdi (1997).

Ensiklopediya.uz
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI EKSPORT-IMPORT BANKI