
AMERIKA ENSIKLOPEDIYASI haqida malumot bilib oling.
«AMERIKA ENSIKLOPEDIYASI» («The Encyclopedia Americana») , «Amerikana» — AQSHda nashr etiladigan universal ensiklopediya. Ingliz tilida. 1-nashri 1903—04 ylarda Nyu-Yorkda 16 jild qilib chikarilgan. «Amerika ensiklopediyasi»ning takomillashtirilgan 30 jildlisi 1918—20 y. larda nashr etildi va u keyingi nashrlar (jumladan, 1961-y. chiqqan, 60 mingdan ortiq maqolani oʻz ichiga olgan «Amerika ensiklopediyasi») uchun asos boʻldi. «Amerika ensiklopediyasi» keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. 1923-y. dan boshlab ensiklopediyaga yillik ilova («Amerikana Annual») ham nashr etilmoqda. Ilova ensiklopediyani maʼlumotlar bilan toʻldiradi.
Ensiklopediya.uz
AMERIKA ENSIKLOPEDIYASI