AMERIKA DAVLATLARI TASHKILOTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMERIKA DAVLATLARI TASHKILOTI haqida malumot bilib oling.

AMERIKA DAVLATLARI TASHKILOTI (ADT) — Gʻarbiy yarim shardagi xalqaro mintaqaviy tashkilot. 1948-y. da Amerika davlatlarining 9-xalqaro konferensiyasida (Bogota sh.) tuzilgan. ADTga aʼzo davlatlar ratifikatsiya qilganidan keyin 1951-y. da kuchga kirgan. Unga muvofiq, ADTning maqsadi: qitʼada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, aʼzo davlatlar oʻrtasida roʻy beradigan ixtiloflarni bartaraf etish, chetdan tajovuz qilingan taqdirda unga qarshi birgalikda harakat qilish, AQSH, Kanada va Lotin Amerikasidagi jami 33 aʼzo mamlakatga taalluqli siyosiy, huquqiy, iqtisodiy muammolarni hal etishga yordam berish, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot yoʻlida hamkorlik qilishdan iborat. ADTning oliy organi — Tashqi ishlar vazirliklarining Bosh assambleyasi, ijrochi organi — ADTning Doimiy kengashi (Vashingtonda).

Ensiklopediya.uz
AMERIKA DAVLATLARI TASHKILOTI