AMBULATORIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMBULATORIYA haqida malumot bilib oling.

AMBULATORIYA (lot. ambulatorius — yurib bajariladigan) — qatnab davolanadigan kichik tibbiy muassasa. Ambulatoriyalar koʻproq qishloq joylarida tashkil etiladi. Unda asosiy kasalliklar (ichki, jarroxlik, ayollar kasalliklari) mutaxassislari ishlaydi. Shu bilan Ambulatoriya poliklinikadan farq qiladi. Maʼlumotlarga qaraganda, Turkistonda Ambulatoriyaga oʻxshash shifoxonalar qadim zamonlarda ham boʻlgan. 17-a. da Buxorodagi mashhur «Buqʼai dor ushshifo» kasalxonasi qoshida qatnab davolanadigan bemorlar uchun maxsus boʻlim tashkil qilingan. Oʻzbekistonda birinchi Ambulatoriya 1878-y. da Toshkentda ochilgan. Hoz. Alar zamonaviy diagnostika, davolash va profilaktika vositalari bilan jihozlangan.

Ensiklopediya.uz
AMBULATORIYA