AMBISTOMASIMONLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMBISTOMASIMONLAR haqida malumot bilib oling.

AMBISTOMASIMONLAR (Ambystomafidae) — dumli amfibiyalar oilasi. 35 turi bor. Shim. Amerikada tarqalgan. Faqat 1 turi Tailand va Dirma togʻlarida uchraydi. Ambistomasimonlarning boʻyi 30 sm cha, salamandraga oʻxshaydi. Suvga yaqin zax joylarda yashaydi, lekin tuxumini bahorda suvga qoʻyadi. Ambistomasimonlar tuxumi urgʻochisining jinsiy yoʻllarida urugʻlanadi. Marmar A. esa tuxumini quruklikka qoʻyadi, urgʻochisi tuxumini itbaliq chiqquncha kulcha boʻlib oʻrab yotadi. Tuxumdan chiqqan itbaliqpar yomgʻir b-n suv havzasiga oqib boradi. Bir necha oydan keyin metamorfozga uchrab yosh Ambistomasimonlarga aylanadi va quruqlikka chiqadi. Ambistomasimonlar umurtkasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Keng tarqalgan yoʻlbars A. (Ambystoma tigranum)ning uz. 28 sm ga yetadi. Yoʻlbars Ambistomasimonlar lichinkasi metamorfoz layokatini yoʻqotgan, itbaliqlik davrida balogʻatga yetadi va kupaya oladi. Uning bu neotenik itbaligʻi aksolotl (suv oʻyinchogʻi) deyiladi. Boshqa Ambistomasimonlar ham neoteniya xususiyatiga ega. Ambistomasimonlarning 5 turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Ensiklopediya.uz
AMBISTOMASIMONLAR