AMALIY AGROELEKTRONIKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMALIY AGROELEKTRONIKA haqida malumot bilib oling.

AMALIY AGROELEKTRONIKAfan va texnikaning maxsus elektron qurilmalar, tizimlar va elektron hisoblash texnikasini yaratish, ularni q. x. ishlab chiqarishida qoʻllash bilan shugʻullanadigan yoʻnalishi. Asosiy vazifalari: tuproqning fizik-kimyoviy va mexanik koʻrsatkichlarini kuzatuvchi mikroelektron qurilmalarni turli maqsadlarga moʻljallangan yangi mikroelektron texnikani yaratish va ulardan dehqonchilikda foydalanish; aerokosmik usullardan q. x. da foydalanish; dehqonchilik mahsulotlarining sifatini oshirishga oid agrostandartlarni tuzish; q. x. ni toʻla kompyuterlash va axborotlashtirish va b. Kompyuterlar va maxsus mikroelektron qurilmalarni q. x. da qoʻllash ekinlar hosildorligi va ish unumdorligini oshirishga, sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi, suv va energiya tejaladi.

Ensiklopediya.uz
AMALIY AGROELEKTRONIKA