
ALYUMOSILIKATLAR haqida malumot bilib oling.
ALYUMOSILIKATLAR — tarkibida alyuminiy va kremniyning kompleks anionlari boʻlgan silikatlarning umumiy nomi. Kompleks anionlarga [AlSiOJ, [AISi2O,J-, [AlSi4O10J-[Al2Si3O10]~2 va b. kiradi. Alyumosilikatlar tabiatda keng tarkalgan, yer poʻstining 50% ini tashkil etadi. Ularga dala shpatlari, mas, ortoklaz K[AlSi3OJ, albit Na[AlSi3Og], anortit Ca[Al2SiOJ, va gilli minerallar; slyudalar (mas, muskovit, biotit va b.) kiradi. Tarkibida kristalizatsion suv va — ON guruhi boʻlmagan tabiiy Alyumosilikatlar qiyin suyuqlanuvchan, termik barqaror moddalardir. Barcha Alyumosilikatlar suvda erimaydi, ftor kislota, ishqor va ishqoriy metallar karbonatlari eritmalarida parchalanadi. Baʼzi Alyumosilikatlar tabiiy sharoitda karbonat angidrid va suv taʼsirida asta-sekin taʼsirlanishi natijasida kvars va b. minerallar hosil boʻladi. Sintetik Alyumosilikatlar alyuminiy va kremniy oksidlariga metall oksidlarini gidrotermal usulda taʼsir ettirib olinadi. Ular keramik mahsulotlarning asosiy kristall fazalarini tashkil qiladi. Tabiiy Alyumosilikatlar shisha, sopol, sement va b. i. ch. da; slyudalar — elektr va issiqlikni oʻtkazmaydigan materiallar olishda; nefelin sof alyuminiy olishda, ayrim Alyumosilikatlar, mas, seolitlar xromatografiyada adsorbent, gazlarni tozalash, quritish va ajratishda, suvning qattiqligini kamaytirishda, katalizator va tarkibida katalizator boʻlgan xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Rustam Marupov.
Ensiklopediya.uz
ALYUMOSILIKATLAR