ALYUMINATLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALYUMINATLAR haqida malumot bilib oling.

ALYUMINATLAR — alyuminat kislo-talar (ortoalyuminat HjAIOj, metaalyuminat NA1O2 va b.)ning tuzlari, alyuminiy oksidning boshqa metallar b-n hosil qilgan kimyoviy birikmalari, umumiy formulasi R [A12O4] (R—Sa, Mg, Sr, Va, Be va h. k.). Tabiatda eng koʻp tarqalgan. Ishqoriy metallarning Alyuminatlar suvda yaxshi eriydi. Alyuminatlar turli sohalarda ishlatiladi. Mas, natriy A. NaA102 gazlamalarni boʻyashda ishqor sifatida qoʻllaniladi; kalsiy A. Sa (AYU2)2 tez qotadigan giltuproqli sementning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi; shpinellardan (ayrim II guruh metallar Alyuminatlar) olovbardosh materiallar i. ch. da hamda qimmatbaho tosh sifatida foydalaniladi (yana q. Alyuminiy). Hoz. vaqtda nodir metallarning Alyuminatlar aloxida amaliy ahamiyatga ega. Ular maxsus keramika, lazer va optik shishalar, uta elektr oʻtkazuvchan materiallar olishda, yadro texnikasida va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida nodir elementlar oksidlarining oʻrniga ishlatiladigan materiallardir.

Ensiklopediya.uz
ALYUMINATLAR