ALYUMEL haqida malumot bilib oling.
ALYUMEL — nikelning alyuminiy, marganes va kremniy bilan hosil qilgan qiyin suyuqlanuvchan qotishmasi. Alyumelning tarkibi (%da); 1,8—2,5 alyuminiy, 0,85—2,0 kremniy, 1,8—2,2 marganes, qolganlari — nikel va kobalt. A. pirometriyada (moddalar t-rasini oʻlchashda) termoparalarning manfiy termoelektrodi sifatida ishlatiladi. Alyumeldan nixrom-alyumel, xromel-alyumel va b. elektr qizdirgichlar tayyorlashda ham foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
ALYUMEL