ALUSHTA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALUSHTA haqida malumot bilib oling.

ALUSHTA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1902-y. dan). Qrim ya. o. ning jan. sohilida. Aholisi 37,6 ming kishi (1991). Iqlimiy kurort. Simferopoldan 45 km va Yaltadan 32 km. Qrimning jan. sohilidagi boshqa kurortlarga nisbatan iqlimi ancha salqin. Tarix-oʻlkashunoslik, tabiat muzeylari bor. Shahar 6-a. da vujudga kelgan. 14-a. dan genuyaliklar, 1475-y. dan turklar kul ostida. 1783-y. da Alushtani Rossiya bosib olgan edi.

Ensiklopediya.uz
ALUSHTA