ALP BURMALANISHI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALP BURMALANISHI haqida malumot bilib oling.

ALP BURMALANISHI — asosan kaynozoydagi tektogenez erasi; geosinklinal obl. larda vujudga kelib, mezozoy va paleogenda rivojlangan. Alp burmalanishi natijasida geosiiklinallar burmali togʻlarga aylangan. Oʻsha vaqtda Alp burmali togʻlari (A. b. nomi shundan) va Alp geosinklinal (burmali) obl. va b. tuzilishlar shakllandi. Alp burmalanishi Oʻrta dengiz va Tinch okean mintaqalariga ajratilgan. Oʻrta dengiz mintaqasiga Apennin, Alp, Karpat, Qrim togʻlari, Katta Kavkaz, Pomir, Himolay va b. kiradi; Tinch okean mintaqasiga Kordilyera, And, Kamchatka, Kuril, Yaponiya, Filippin o. laridagi togʻlar va b. kiradi. Alp burmalanishi dagi togʻlar yosh, ular kam yemirilgan, shuning uchun ham yer yuzasidagi eng baland togʻlar hisoblanadi. Alp burmalanishi shuningdek tokembriy, paleozoy va mezozoyda koʻtarilgan togʻlarga ham taʼsir qilgan. Bu mintaqalarda vulkanizm va seysmik harakatlar kuchliligidan Alp burmalanishining ayrim tuzilishlari hali ham rivojlanishda.

Ensiklopediya.uz
ALP BURMALANISHI