ALOQA UZELI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALOQA UZELI haqida malumot bilib oling.

ALOQA UZELI — 1) telegraf, telefon, pochta orqali yuboriladigan xabarlar oqimini birlashtirish va taqsimlash uchun xizmat qiladigan aloqa tarmogʻining tarkibiy qismi. Tarmoq Aloqa uzeli elektr aloqa tarmoqlarining tuzilishiga muvofiq 3 xilga: telegraflar va shaharlararo telefon st-yalari amalga oshiradigan asosiy Aloqa uzeli ga; katta sigʻimli telegraf st-yalari va shaharlararo ATS amalga oshiradigan vi-loyat Aloqa uzeli ga; kichik sigʻimli telegraf st-yalari va tuman ATSlari amalga oshiradigan tuman Aloqa uzeliga boʻlinadi. Radioeshittirish uzeli tarmoq Aloqa uzelining bir turi hisoblanadi;

2) aholiga, i. ch. korxonalariga, tashkilotlarga turli aloqa xizmati koʻrsatiladigan aloqa korxonasi.

Ensiklopediya.uz
ALOQA UZELI