ALOE haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALOE haqida malumot bilib oling.

ALOE, aloy (Aloe) — loladoshlar oilasiga mansub doim yashil, kup yillik oʻtlar (baʼzan daraxtlar) turkumi. Tropik va subtropik mintaqalarda oʻsadi. Qariyb 180 turi maʼlum. Aloe turlari gultuvakda ham oʻstiriladi; ularning bargi semiz, sersuv, qalin va tikanli. Aloe bargidan olinib quritiladigan shirasabur surgi sifatida, konservatsiya kilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastrit va kolitchk davolashda ishlatiladi. Aloening bargidan olinib konservatsiya kilingan biostimulyatorlarga boy ekstrakta organizm mustahkamligini oshiruvchi vosita sifatida teri ostiga yuboriladi.

Ensiklopediya.uz
ALOE