
ALLYUVIY haqida malumot bilib oling.
ALLYUVIY (lot. alluvio — oqiziq) , allyuvial yotqiziqlar — oqar suvlar (daryo, irmoq va b.) bilan oqib kelib toʻplangan yotqiziqlar. Allyuviy daryolarning oʻzani, qayir qismi va vodiydagi terrasalarni hosil qiladi; koʻpgina kontinental choʻkindi formatsiyalarning shakllanishida muhim rol oʻynaydi. Allyuvial yotqiziqpar qalinligi suv oqimining katta-kichikligiga bogʻliq; katta tekisliklardagi Allyuviyning qalinligi 10—20 metrga, kengligi esa bir necha oʻn km gacha boradi. Bu yotqiziqlar yuqori unumdor har xil tuproqlar (oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq va botqoq) uchun ona jins boʻlib xizmat qiladi. Allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan hududlardan q. x. da keng foydalaniladi. Qum-qumoqli va shagʻalli allyuviydagi tuproqlarda oʻrmon daraxtlari oʻstirish va bogʻdorchilikni rivojlantirish, qumoq choʻkindili qayir va allyuvial terrasalarda esa voʻza, sabzavot hamda yem-xashak ekinlarini yetishtirish mumkin. Allyuvi-al yotqiziqlardagi tuproqlar unumdor boʻlishiga qaramay oʻgʻitlarga, ayniqsa, kaliyli oʻgʻitlarga juda talabchan.
Ensiklopediya.uz
ALLYUVIY