ALLIL SIANID haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALLIL SIANID haqida malumot bilib oling.

ALLIL SIANID (3-butennitril) , CH2=CHCH2CN — rangsiz suyuqlik; mol. m. 67,09; suyuqlanish t-rasi — 86,8°, qaynash t-rasi 118,5°; zichligi 837,7 kg/ m1. Suvda eruvchanligi 3,8% (20°da). Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv bilan azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Allil sianid alifatik toʻiinmagan nitrillarning xossalariga ega. Ishqoriy mu-hitda izomerlanib krotononitril (SN3SNqSN>))ning sis-va transizomerlari aralashmasini hosil qiladi. Shuning uchun Allil sianidning ishqoriy muhitdagi gidrolizida kroton kislota SN3SN=SNSOON, kislotali muxitdagi gidrolizida esa vinilsirka kislota SN2=CHSN2SOON hosil boʻladi. Allil sianid allil bromid (allil xlorid)ga bevosita CuCN yoki allil xloridga rN 3—6 boʻlgan suvli muhitda CuCl katalizatorligida HCN (NaCN) taʼsir ettirib olinadi.

Ensiklopediya.uz
ALLIL SIANID