ALLERGIYAGA SHAKARNI QANDAY ALOQASI BOR? to’liq malumot oling
ALLERGIYAGA SHAKARNI QANDAY ALOQASI BOR?
Allergiyasi borlarga ko’pincha allergologlar tomonidan shakar iste’moli ta’qiqlanadi. Lekin bemorlar shakarni yeyishda davom etaveradi.
Nimaga? Chunki shakarni allergik kasalliklar rivojlanishidagi ahamiyati shifokor tomonidan bemorlarga tushuntirilmaydi. Biz insonlar shunaqa, agar mohiyatini tushunmasak, qayta-qayta bir xatoni takrorlashimiz mumkin.
Ho’sh? Nima uchun allergiyasi borlar shakar iste’molini kamaytirishi yoki ta’qiqlashi kerak?
Agar shakarni ko’p iste’mol qilsak, ichaklarimizda Candida turidagi zamburug’lar miqdori ortib ketadi. Ya’ni ular butun ichaklar bo’ylab o’sib ketadi. Candida zamburug’larini mitseliysi (soxta oyoqlar) bo’lib, ular ichaklar devori ichiga o’sib kirish xususiyatiga ega.
Qanchalik Candida zamburug’i ichaklarda ko’p bo’lsa, shunchalik ularni ichaklarga o’sib kirishi kuchayadi, natijada ichak devorlarini butunligi buziladi («ilma-teshik» ichak).
Qanchalik ichak devorini butunligi buzilib boraversa — iste’mol qilingan oqsillar to’liq hazm bo’lishga ulgurmasdan (aminokislotlargacha parchalanmasdan) ichaklardan qonga so’rilish miqdori ortadi.
Agar qonga oqsillar to’liq parchalanmasdan so’rilsa bu immun tizimimiz uchun yot (begona) modda sifatida qaraladi va unga qarshi kurash e’lon qiladi. Natijada allergiya rivojlanadi. Mana nima uchun allergiyasi borlar shakar yemasligi kerak.
Allergiyasi borlarga xushxabar! Odatda allergiyasi borlar saraton kasalligiga chalinmaydi. Sababi, ularni immun tizimi giper-reaktiv, bu degani — saraton hujayralari paydo bo’lishi bilan immun tizim ularni zudlik bilan nobud qiladi.
Kasalliklar
ALLERGIYAGA SHAKARNI QANDAY ALOQASI BOR?