ALLELLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALLELLAR haqida malumot bilib oling.

ALLELLAR (yun. allelon — birbirini oʻzaro) , allelomorflar, allel genlar — bir genning gomologik xromosomalarning oʻzaro bir xil joy (lokus) laridagi boʻlishi mumkin boʻlgan har xil holatlari. Allellar maʼlum bir belgining rivojlanishini nazorat qilib, uning alternativ (bir-birini inkor etuvchi) ifodalanishiga sabab boʻladi. «Allellar» atamasini daniyalik olim V. Iogansen taklif etgan (1909). Aksariyat genlar faqat ikki: dominant va retsessiv Allellarga ega. Diploid organizmlarning somatik hujayralarida har ikkala, gametalarda esa faqat bitta allel boʻladi. Barcha holatlarda ham maʼlum genning dominant alleli taʼsiri shu genning retsessiv allelinikidan ustun keladi.

Allellarning dominantlik xususiyati ularning oʻzaro allellik taʼsiriga, genotipik muhit va tashqi sharoitlarga bogliq. Dominant va retsessiv Allellar gomozigo-gpalik (SS yoki ss) yoki geterozigotalik (Ss) holatlarida ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari genning koʻp allellilik seriyalari ham uchraydi. Bunday holda ham dominant allel bosh harf b-n, allellarning barcha retsessiv seriyalari esa turli nishonlar qoʻyilgan kichik harflar bilan belgilanadi.

Ensiklopediya.uz
ALLELLAR