Alka — Zeltser — og’riq qoldiruvchi, yallig’lanishga qarshi to’liq malumot oling
?Alka — Zeltser — og’riq qoldiruvchi, yallig’lanishga qarshi va isitma tushiruvchi ta’sirga ega.
#Alka — Zeltser tabletkasi
#Алка — Зелцер таблеткаси
?Dori shakli : Tabletka
?Tarkibi :
Atsetilsalitsil kislota — 324 mg
Limon kislota — 964 mg
Natriy gidrokarbonat — 1,625 gr
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
Nonarkotik analgetik vosita.
?Qo’llanilishi
— Bosh og’rig’i
— Alkogoldan keyingi bosh og’riqlarida.
— Tish og’rig’i
— Tomoq og’rig’i
— Mushaklar va umurtqalar og’rig’ida
— Bo’g’im va paylar og’rig’ida
— Menstruatsiyadagi og’riqli holatlarda ( menstrual siklda . Ayollarda )
— Isitma tushiruvchi va boshqa infeksion yalliglanishga qarshi ta’sirga ega.
?Qabul qilish usuli va dozasi
Preparat ni 15 yosh va undan katta lar qabul qilishi mumkin.
Preparatni kuchli og’riq bo’lganda va isitma ko’tarilganda sutkasiga 3 — 4 tagacha qabul qilish mumkin.
Preparatni og’riq qoldirish uchun 5 kundan ortiq va isitma tushirish uchun 3 kundan ortiq qo’llash tavsiya qilinmaydi. ( Shifokor bilan maslahatlashing ).
?Nojo’ya ta’siri
— Qorinda og’riq , jig’ildon qaynashi
— Ko»ngil aynish , qusish
— Qon qusish xolatlari
— Yashirin me’da ichakdan qon ketishi
— Temir yetishmovchiligi anemiyasi
— Jigar faoliyati buzilishi
— Me’da ichak ning yara holatlari kuzatilishi mumkin.
— Bosh og’rig’i , quloqda shovqin
— Bronxlar qisqarishi
— Kvinke shishi
❌Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Me’da ichak sistemasi yara kasalligida va qon ketish holatlarida
— Gemorragik diatezda ( qon ko’p ketish holati)
— Bronxial astmada mumkin emas.
— Homiladorlarga va emizish davrida mumkin emas.
— 15 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
— Preparatni uzoq qabul qilish mumkin emas.
— Virusli infeksiyalarda mumkin emas.
— Jigar va buyrak yetishmovchiligida mumkin emas.
?ESLATMA : Bu preparat ham xuddi ibuklin yunior kabi kuchli ta’sirga ega. Ko’p qo’llab bo’lmaydi.
Yana bir muhim ma’lumot ?
Og’riq qoldiruvchi vositalarni ko’p qabul qilish va tarkibi diklofenak va paratsetamol bo’lgan vositalarni ko’p qabul qilish jig’ildon qaynashini ( zarda qaynashi ) ni keltirib chiqaradi. Doimiy jig’ildon qaynab bezovta qiladi.
Dorixona
Alka — Zeltser — og’riq qoldiruvchi, yallig’lanishga qarshi