
ALIXOʻJAYEV Oʻlmas Safoyevich haqida malumot bilib oling.
ALIXOʻJAYEV Oʻlmas Safoyevich (1941.30.6, Urganch) — Oʻzbekiston xalq artisti (1983). Toshkent Davlat teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1964). 1962—96 y. lar «Oʻzbekfilm»da aktyor. 1996-y. dan «Oʻzbekkino»kompaniyasida boʻlim boshligʻi. 40 dan ortiq filmda suratga tushgan. Asosiy rollari: Ali Qushchi («Ulugʻbek yulduzi»), Muzaffar («Natashaxonim»), Otabek («Oʻtgan kunlar»), Yodgor Hamidov («Shiddat»), Gʻulom Ahmedov, Safoyev («Tinchlik kunlari», «Kul ostidagi choʻgʻ», Tojikfilm), Sulaymonov («Davlat chegarasi», Belorusfilm) va b. Rollarida kuchli dramatizm, psixologik teranlikka erishdi.
Ensiklopediya.uz
ALIXOʻJAYEV Oʻlmas Safoyevich