Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan olingan “Hayrat ul-abror” dostonidan “To‘g‘rilik va egrilik”
DO`STLARGA ULASHING:
a)yangi bilimlarni o‘zlashtirish;
b) savol-javob
20 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Tarqatma savollar
8 daqiqa
5
Darsga yakun yasash va baholash
2 daqiqa
6
Uy vazifa
2 daqiqa
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism:
b)kunning muhim voqealari tafsiloti.
O‘qituvchi: Yurtimizda va jahonda yuz berayotgan qanday muhim voqealar haqida eshitdingiz?
1-o‘quvchi: Shu kunlarda yurtimizdagi barcha o‘rta ta’lim dargohlarida aniq fanlar fizika, matematika fan oyliklari o‘tkazilmoqda.
2-o‘quvchi: Yurtimizda 2014-yil Prezidentimiz tomonidan “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilindi.
1-o‘quvchi:
Bilmayman deb nolima!
Alisherbek onasidir
O‘sha bibi Salima.
2-o‘quvchi:
Buyuk Afg‘on yerida u
Tug‘ilgan yashab o‘tgan,
Alisherga turk tilini
Ilk bora u o‘rgatgan.
3-o‘quvchi: Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo
Hammasiga guvoh -yer osti.
Lekin do‘stlar she’r ahli aro
Jahongiri kam bo‘lar rosti.
Besh asrkim , nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she’r
Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Demak, sinf o‘quvchilarini 2 guruhga ajratib olamiz.
II guruh: “Foniy” nomi ostida bellashadi.
Guruhlarning javoblari “Rag‘bat” va “Kichik rag‘bat” kartochkalari asosida baholanadi. Qaysi guruh ko‘p “Rag‘bat” to‘plasa shu guruh g‘olib sanaladi.
O‘qituvchi: Uy vazifasi qilib qanday topshiriq berilgan edi?
O‘qituvchi: Ijodiy ishlar bo‘yicha guruhdan bittadan o‘quvchi chiqib tayyorlab kelgan ijodiy ishlarini sharhlaydilar.
Yangi mavzu
rejasi:
“Bilimingizni sinab ko‘ring” savollarga javob berish.
Hikmatlarni davom ettiring.
Sahna ko‘rinishi.
1-reja bo‘yicha guruhlarga savollar berilib baholab boriladi.
Savol: Xamsachilik an’anasini boshlab bergan ulug‘ shoir kim edi?
O‘quvchi: Xamsachilik an’anasini ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan.
Savol: Xamsa yaratishda qaysi shoirlarning Xamsasi xalq orasida mashhurlikka erishdi.
Savol: “Xamsa” asariga kiritilgan dostonlarni tartib bilan sanab bering?
O‘quvchi: “Xamsa ” asari “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabbai Sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlarni o‘z ichiga oladi.
Savol: “Hayrat-ul abror” hozirgi o‘zbek tilida qanday ma’noni anglatadi va necha bob necha maqolatdan iborat?
O‘quvchi: “Hayrat-ul abror” hozirgi o‘zbek tilida “Yaxshi kishilarning hayratlanishi” degan ma’noni anglatadi va u 63 bob 20 ta maqolatdan iborat.
Savol: Hayrat-ul abror” dostonining nechanchi maqolatida “Sher bilan Durroj” hikoyati bayon qilingan?
O‘quvchi: Hayrat-ul abror” dostonining 10-maqolatida “Sher bilan Durroj” hikoyati bayon qilingan.
Savol: “Sher bilan Durroj” hikoyatida ilgari surilgan g‘oya?
O‘quvchi: Bu hikoyatda yolg‘onchilik yomon illat ekanligi, to‘g‘ri so‘zlik insonlarni komilikka yetaklashi kabi g‘oyalar ilg‘ari surilgan.
Rost kuylagan ohanglarga tahsin ayt.
Savol: Shoir forsiy tilda yaratgan asarlariga qanday taxallus qo‘llagan?
O‘quvchi: Shoir forsiy tilda yaratgan asarlariga “Foniy” taxallusini qo‘llagan.
Savol: Alisherda badiiy ijodga qiziqish uyg‘otgan tog‘alarining ismlarini bilasizmi?
O‘quvchi: Alisherning shoir tog‘alarining ismlar Mir Said Qobuliy hamda Muhammad Ali Ga’ribiylardir.
Savol-javob bo‘yicha guruhlarning ishtiroki va javoblari rag‘batlantiriladi
Hikmat: Har kishi kim birovga qozg‘oy choh,
O‘quvchi: Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh.
Hikmat: Haq yo‘lida kim senga bir harf harf o‘qitmish ranj ila,
O‘quvchi: Aylamak bo‘lmas ado, oning haqqin yuz ganj ila.
Hikmat: Befoyda so‘zni ko‘p aytma,
O‘quvchi: Foydali so‘zni ko‘p etishturdan qaytma.
Hikmat: Odami ersang demagil odami,
O‘quvchi: Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Hikmat: Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Oquvchi: Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Hikmat: Olamdan g‘msiz o‘tay desang,
O‘quvchi: Ilmu hunar o‘rgan.
Hikmat: Aytar so‘zni ayt
O‘quvchi: Aytmas so‘zdan qayt.
Hikmat: Tilga ixtiyorsiz,
O‘quvchi: Elga e’tiborsiz.
Hikmat: Yaxshilikni bilmasang
O‘quvchi: Borib yaxshilarga qo‘shil.
Mustahkamlash.
Shoir nega “Sher bilan Durroj” hikoyatini 10- maqolatga kiritgan?
Javob: O‘ninchi maqolat aynan to‘g‘rilik, rostgo‘ylik haqida. Unda shoir turli o‘xshatishlar bilan to‘g‘rilikni ta’riflaydi. Yolg‘onchilik, egrilik esa kishilar tabiatidagi yaramas va badbin illatligini, uning oqibatlarini ham qator qiyos –o‘xshatishlar bilan qoralab keladi. Jumladan unga ilova qilib berilgan “Sher bilan Durroj” da ham biri yolg‘onchi, biri to‘g‘ri so‘z, vafodor do‘st ekanligini ular tabiatidagi bu xususiyatlar ham hayotlarini nima bilan tugaganligini ko‘rsatdi.
“Foniy ” guruhiga tarqatma savol:
Sher majoziy obrazida qanday insonlarga xos jihatlar mujassamlashgan? Durrojda-chi?
Tarqatma savollar yuzasidan guruhlar rag‘batlantiriladi. Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. Guruhlar to‘plagan kartochkalari orqali g‘olib guruh aniqlanadi.
Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan olingan “Hayrat ul-abror” dostonidan “To‘g‘rilik va egrilik”