Alisher Navoiy xamsa asari haqida
tonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, me’yoridan cho’zilib ketgan manzaralar, monologlar biroz qisqartirilgan. Navoiy dostonlarining ushbu nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she’riyat gultoji hisoblanmish «Xamsa» dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb otylaymiz. UO‘K: 821.512.133 KBK: 84(50‘)1 Qisqartirib nashrga tayyorlovchi: Anvar HOJIAHMEDOV Mas’ul muharrir: Vahob RAHMONOV ISBN 978-9943-27-356-6
va turkiy she’riyat rivojida xamsachilik an’anasi alohida ahamiyatga ega boldi. Bu an’ananing boshlanishiga buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning XII asrning ikkinchi yarmi va XIII asr boshida yaratgan «Maxzan ul-asror» (1174 — 1177), «Xisrav va Shirin» (1181), «Layli va Majnun» (1188), «Haft paykar» («Yetti go‘zal», 1197) hamda «Iskandamoma» (1199 — 1201) dostonlari asos bolib, ular keyinchalik ijodkor vafotidan so‘ng «Xamsa» (arabcha «beshlik» degani) yoki «Panj ganj» (forsiy tilda «Besh xazina» ma’nosida) nom- lari bilan yaxlit kitob holida juda keng tarqalgan, turli tillarga taijima qilinib, shuhrat topgan edi. Mazkur kitobdan o‘rin olgan alohida dostonlar bir necha shoirni shu mavzudagi yirik poetik asarlar yozishga ilhomlantirgandi. 1253-1325-yillarda yashab ijod qilgan Xisrav Dehlaviy o‘zining fors-tojik tilidagi «Matla ul-an- vor» («Nurlarning boshlanishi»), «Shirin va Xis rav», «Majnun va Layli», «Hasht bihisht» («Sakkiz jannat») va «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oy- nasi») nomli beshta dostonini yaratib, Nizomiy «Xamsa»siga tola javob yaratdi va bu an’ananing boshlovchisi bo lib maydonga chiqdi. XV asrda yashagan aksariyat shoirlar «Xam- sa»ga o’xshatma bitishga harakat qilgan bolsalar ham, ko’plari bir yoki bir necha asar yaratishga Abdullo, Kotibiy Nizomiyning bir qator dostonlar- iga javob bitgan bolsalar, Mavlono Faseh Rumiy uning «Maxzan ul-asror»iga, Xoja Hasan Xizrshoh «Layli va Majnun» dostoniga o’xshatma dostonlar yozishgan. Lekin ikki buyuk ijodkor: Abdurah- mon Jomiy va Alisher Navoiygina toliq «Xamsa» yaratishga erishdilar. Jomiy asari beshta emas, yetti dostonni o‘z ichiga olib, «Dengizlar siri», «Lujjat ul-asror» (875 — 876 h.), «Tuhfat ul-ahror», «Sabhat ul-abror» (887 h.), «Yusuf va Zulayho» (888 h.), «Layli va Majnun» (889 h.), «Xiradnomayi Iskandariy» («Iskandar hik- matnomasi») (890 h.) dostonlaridan iborat bolib, «Haft avrang» («Yetti taxt») deb ham ataladi. Yuqorida nomi keltirilgan asarlarning barcha- si o’sha davr an’anasiga muvofiq fors-tojik tilida bitilgan edi. Natijada ulami shu tilni biladigan kitobxonlargina o’qib, boshqa xalqlar vakillari ulardan bebahra qolar, ba’zan tarjima orqaligina bu go‘zal obidalardan bahramand bo la olardilar. Alisher Navoiy 1483-yilda bu murakkab ishga kirishib, ikki yarim yil ichida «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlaridan tashkil topgan «Xamsa» kitobini eski o‘zbek tilida уaratib, jahon adabiyotini bezavol va betakror buyuk asar bilan boyitdi. Nizomiy «Xamsa»siga javoblar yozish, hech bolmaganda, undagi ayrim asarlarga obcshatma tatabbular bitish an’anasi keyingi davrlarda ham davom etdi. Taniqli adabiyotshunos Y.E.Bertelsning bergan ma’lumotlariga qaraganda, «Layli va shoir yaratgan fors, o‘zbek va ozarbayjon tfflarida- gi dostonlar uehun asosiy manba bolib xizmat qilgan. Mazkur asarlarda Nizomiy dostoni aynan tak-rorlanmay, har qaysi davrga xos ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy masalalar o‘z aksini topgan, asar voqealari, timsollarga ba’zi o’zgarishlar kiritilgan, tasviriy-uslubiy tamoyillar ham bir qator yangiliklar bilan boyitilgan, badiiylik g’oyat rivojlantirilgan, har qaysi milliy til boyliklari va go ‘zalliklaridan yanada unumliroq foydalanilgan. Alisher Navoiy qalamiga mansub besh dos- ton, shoiming talcidiga qaraganda, jami 30 oy — ikki yarim yil ichida yaratilgan bolsa-da, bu asarlarning har birini ko‘p yillik ijodiy mehnat- ning natijasi deb qarash kerak. Zero, yoshlikdan shu ulug‘ maqsadni o‘z oldiga qo^gan shoir «Xam sa» yaratish ishiga awaldan kirishgan, shu ma- qsadda yuzlab tarixiy, ilmiy va adabiy kitoblami o’rganib chiqqan va ulami tadqiq etgan, bir-biri bilan qiyoslab, o‘z xulosalarini ko‘plab ustozlari va fikrdoshlari sinovidan ham o‘tkazgan edi. Shuning uchun uning besh dostoni butun xalq manfaatlarini aks ettirgan, omma uchun asrlar davomida sevikli bolib qoladigan olmas qahra- monlar qiyofalari bilan limmo-limdir. Navoiy o‘z «Xamsa»sini yaratar ekan, Nizomiy va Dehlaviylar yaratgan ajoim ijobiy qahramonlar qi- yofasini keskin o‘zgartirish, aniqrogl, qarama-qar- shi xosiyatlar sohibi sifatida gavdalantirish usuli- ni ham qollaydiki, buni jahon adabiyoti uchun ham yangilik deb qabul qilish mumkin. Chunki adabiyotida, masalan, Shekspir ijodida ham uch- ramaydi. Biz bu o’rinda, awalo, «Farhod va Shirin» dostonidagi Xusrav qiyofasini nazarda tutyapmiz. Navoiy o‘z ustozlari «Xamsa»larida ijobiy fazilatlar egasi tarzida gavdalantirilgan shoh Xusravni zo- lim, bosqinchi, makkor, nomard hukmdor sifatida tasvirlab, tarix haqiqatiga zid keladigan qiyofada aks ettirib, o’quvchilar ommasida unga nisbatan kuchli nafrat hisini uyg’otadi. Salaflar tasviridagi toshkesar Farhodni chi- nakam ma’nodagi xalq qahramoniga, sadoqatli oshiq, insonparvar, mard va qahramon yigit sifa tida tasvirlanishi ham adabiyotimiz uchun yangi badiiy usul ifodasi edi. Asarda tasvirlangan bar cha voqealarning yangicha mazmun kasb etishi ham doston g’oyaviy-badiiy qimmatini g‘oyatda oshirib yuborgan. Navoiy «Xamsa»si qahramonlari asrlar davo- mida necha-necha avlodlar uchun ma’naviyat va odobda, odamiylik va jasoratda, xalqparvarlik va saxovatda o‘mak bo lib xizmat qiladigan yorqin badiiy siymolar boldi. Farhod va Qays, Suhayl va Sa’d, Axiy va Farrux, Muqbil va Jo’na kabi betak- ror qiyofalar, Shirin va Layli, Mehr va Mehinbonu, Dilorom va boshqa ma’naviy barkamol ayollar timsollari Navoiy asridan boshlab hanuzgacha yoshlarimizni oliyjanob fazilatlar ruhida tarbi- yalab kelmoqda. Daho ijodkorimizning Navoiy va asar qahramonlari nomidan a^ilgan: Odami ersang, demagil odami, Oniki yo‘q xalq g ‘amidin g ‘ami. Jismni qil sadqa ano boshig‘a. …Jahonda neki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod. …Birovkim, jahonda so‘zi rostdir, Erur dol angakim o ‘zi rostdur. …Ki har kim ayonetsa yaxshi qilig‘, Yetar yaxshiliqdan anga yaxshilig‘kabi dono fikrlari mustaqillik davrida ham hayot darsligi bolib xizmat qilib, yoshlarimizni barkamol insonlar sifatida tarbiyalashimizga yordam bermoqda. Shuni alohida talddlash loziriiki, Alisher Navoiy o*z salaflari dostonlariga yuqori baho berar ekan, har bir asar muqaddimasida ulardagi jiddiy nuqsonlami ham alohida taltidlab о lib, ushbu kamchiliklami keskin tuzatish yolini qollaydi. Masalan, Nizomiy va Dehlaviylar Bahrom, Xusrav kabi shohlami tasvirlaganda, ulaming dabdabali hayotlari, mol-u dunyosi-yu qo’shini, toj-taxti-yu hashamati, qudrati-yu imoratlarini rosa maqtab, odamlarga, masalan, Bahrom o‘z malikalariga nomunosib ishlar buyurgani haqida to‘xtalib, chinakam muhabbat tasviridan xoli bu asarda har ikki ijodkor xatolarini shunday deya alohida talcidlagan edi: «Bo‘yla nodon uchun yozib avsof Anga qilgaylar o‘zlarin vassof. Madhini behisob yozgaylar, Balki mavzun kitob yozgaylar. Qilg‘ay o ‘z «Panj ganjbdin bir ganj. Alloh, Alloh! Ne ganj bo‘lg‘ay bu! Sarbasar elga ranj bo‘lg‘ay bu!» Alisher Navoiy dostonlari esa puxta tuzilishi, voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi bilan ajra- lib turadi. Shoir o‘z asarlari qahramonlarining har bir xatti-harakatini, ichki olamini ijtimoiy va ruhiy jihatdan asoslashga alohida diqqat qiladi. Har qaysi asarning boshlanish qismida qahramonlarning kelajakdagi voqealarga, qah- ramonliklarga, sevgi-sadoqatga, sabr-qanoatga, ilmiy-muhandislik muammolarini hal qilishga, hunar sohasiga tayyorlaydi, shuning uchun ularning faoliyatlari o‘quvchida ishonch hosil qiladi. Farhod, Qays, Iskandar, Suhayl, Sa’d, Axiy kabi qahramonlar shunday fazilatlari bilan o’quvchi muhabbatini qozonadi. Navoiy, ayniqsa o‘zi yaratgan qahramonlarning ichki dunyosini, ruhiyatini tolaqonli aks ettiradi. Farhodning Salosil qal’asidagi kechinmalari, Maj- nunning dasht va sahroda chekkan iztiroblari, Ka’ba huzuridagi nolishlari, Laylining alamli dil so’zlari, Iskandarning onasiga maktubi kabi o‘nlab tasvirlarda qalb kechinmalarining dardli ifodalari g’oyat ta’sirchan ifodalangani ko’zga ya- qqol tashlanib turadi. Shoir «Xamsa»da tabiat va inson munosabat- larini eng jozibador, eng nafis, eng ta’sirchan aks ettiradi. Tabiatdagi har bir mavjudot, buijlar-u fasllar, oy-u yulduzlar, har qaysi o’simlik, samovot Navoiy qahramonlari tarafdori, ular uchun g‘am qiyinchiliklami yengib o’tishga hamdamlashadi. Majnun bog‘da behush yotar ekan, gulzordagi barcha о‘simliklarning uning holiga munosabat- lari manzarasini eslaylik: yoridan ayrilib gulzorda tanho yotgan Qays ko’zini ochib qarasa: Ko‘rdi o ‘zini chaman ichinda, Sarv-u gul-u yosuman ichinda. Bulbul boshi uzra nag‘ma pardoz, Ahvolig‘a navha aylab og‘oz. Gul holig‘a chun nazora aylab, Gulgun yoqasini pora aylab. Nargis shabnamdin ashk etib fosh, Ahvolig‘a yummayin to‘kub yosh. Chun ko‘ksida hajrdin ко‘rub dog‘, Ko‘ksi uza lola kuydurub dog‘. Zaxmi ko‘kidin binafshada g ‘am, So‘ziga kiyib libosi motam. Sunbul qilibon qaro uzorin, Ochib qora zulfi mushkborin. So‘giga oqar su zor yig‘lab, Un tortib so‘gvor yig‘lab. Sarv оЧтау mehnatidin ozod, Qolmay shamshod dardidin shod.Bu xil samimiy va ta’sirchan tasvirdan tabi- atning inson zotiga hamdardligi, unga cheksiz mehribonligi mohirona chizilgani ko’zga tashlanib turadi. Shoir insonning ham tabiatga mehr-u shafqatini ko‘p o‘rinda san’atkorlik bilan talcidlay- di. Jumladan, Farhod o‘z olimi oldida jabrdiyda tog‘ga murojaat qilib deydiki: Ki yuzungdin uyotlig’man, uyotlig‘. Gahi bag‘ring bo‘lub tesham g’ilofi, Gahi jismingda metinim shikofi. Yuzung yoshimga xunolud gohi, Damimdin boshing uzra dud gohi. Bori jurmumg‘a tig‘i afv surgHl, Borur chog‘imda afv aylab kechurgil».Tabiat bilan Inson orasidagi bu xil do‘stona munosabat, sadoqat, shafqat Navoiyning barcha ijobiy qahramonlariga xosdir. Alisher Navoiy mumtoz she’riyatimizda keng qollanib kelgan turli xil uslublardan о‘m i bilan unumli foydalanaveradi. Shuning uchun «Xam- sa» dostonlarida sof realistik hayotiy hodisalar, manzaralami ham, romantik ko^tarinki, kuchay- tirilgan tasvirlami ham, xalq og’zaki ijodiga xos xayoliy fantastik lavhalami ham aralash holda uchrataveramiz. Masalan, Farhodning tog’dan suv chiqarish faoliyatida rejalashtirish, ariqni tayyorlash lavhalari haqqoniy tasvirlansa, ba’zan Farhod kuch-qudratini dalillash uchun romantik manzaralarga murojaat qiladi. Uning dev va aj- daho bilan jang koWnishlari esa g’oyat bo’rttirib tasvirlanadi. Boshqa dostonlarda ham shu to’rt usul birgalikda qollanaveradi. Bu xil sinkretik aralashlik realistik hayotiy tasvimi yorqinroq aks ettirish maqsadini ko’zlaydi. «Saddi Iskandariy» dostonidagi qo’shinlaming to’qnashuvi, ayniqsa, yakkama-yakka olishuvlar, shohlar aro munozaralar, Iskandar devorining qurilishi o’quvchini hayotiy tasvirga ishontiradi. ham voqealaming rostligiga shubha uyg’otmaydi. Birinchi hikoyada Axiyning o‘z xotinini Farruxga berib yuborishi har qancha g‘ayritabiiy tuyil- masin, Axiyga xos yuksak insonparvarlik, uni olimdan qutqarib qolish uchun shunday ishga qo*l urishi ham aql bilan fikr yuritgan kishiga o‘ta g’ayritabiiy tuyulmaydi. «Suhayl va Mehr» hikoyasi ham haqqoniyligi bilan ko‘zga tashlanib turadi. Navoiy «Xamsa»sida yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan kashfiyotlardan yana bin dostonlarda ilmiy-hayotiy timsollarga keng o‘rin berilishidir. Ilm va fan bilan bolalikdan qiziqib kelgan shoir «Farhod va Shirin» dostonida robotlar siste- masini yovuz kuchlar quroli sifatida tasvirlab, inson tafakkurining, Farhodning bu ilmiy-xay- oliy jismlar ustidan g’alabasini tasvirlagan edi. «Sab’ayi sayyor» dostonida Navoiy soatiga 35-45 kilometr yuradigan «Sariyus sayr» nomli ulov haqida fikr yuritadi. Bu asboblar odamlarga tez harakat qilishga imkon beradi. «Saddi Iskandariy» dostonida esa jahonni yorituvchi Jamshid jomi, Chin olimlari ishlagan ikki ajoyib ko‘zgu, Rum donishmandlariyaratmish ajoyib jom va usturlob asboblari tasvirlanadi. Mal- lu qo’shinlariga qarshi Iskandar olimlari tomoni- dan ishlangan sirli qurol atom bombasini eslatadi. Bunday tasvirlami biz boshqa shoirlar ijodida uchratmaymiz. To‘g‘ri, shoir salaflari Iskan- darning shisha idish yasatib, unga arqon ulab, suv ostida yuz kun baliqlar hayotini oVgangani- ni talcidlashgan edi, lekin Navoiy bu xil tasvir ilmiy-xayoliy timsolga nisbat berilsa, o‘quvchini yatini uning payg’ambarlik quwati ifodasi sifatida ko‘rsatishni ma’qulroq ko‘radi. Alisher Navoiy «Xamsa»sini tashkil qiluvchi dostonlaming har biri katta hajmga ega bolgan, yuksak ma’naviyat va badiiyat qonunlariga tola amal qilingan holda yozilgan hamda boy va go’zal o‘zbek tilining bor nafosatini o’zida ifoda qilgan mukammal badiiy asardir. XV asr adabiy tilida yaratilgan va hozirgi zamon o’quvchilari uchun anchagina tushunilmaydigan, aniqrog’i, eskirgan so’zlari bolgan, xilma-xil til san’atlari va uslublari qollangan bu obidalami Navoiy tilida tushunish ancha mehnatni, lug‘atlar ustida tinimsiz ishlash- ni talab qiladi. Kitob yozib tugallangan XV asrda va undan keyin ham dostonlarni o’qib anglash oson bolmagandirki, keng xalq ommasi qiynal- masligi uchun «Xamsa»ning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan xalqona nasriy nusxalari yaratilgan. Adabiyotshunos Maxzun, Umar Boqiyning kitoblari shunday asarlardan edi. Navoiy «Xamsa»si dostonlarini osonroq tushu nish uchun o’tgan asrda ham bir necha harakatlar qilindi. O.Sharafiddinov, Y.E.Bertels, V.Zohidov, A.Qayumov, P.Shamsiyev, O’.Karimov, S.Mutalli- bov, A.Rustamov, S.Erkinov, N.Mallayevvabosh- qalar tomonidan Navoiy «Xamsa»si dostonlarining mukammal nasriy matnlari tuzilib, ko‘p nusxada nashr qilindi. Ammo o’quvchilar, litsey va kollej talabalari hamda ulug‘ shoirning ko‘p sonli mux- lislari uchun bu mukammal nasriy nashrlar ham oglrlik qilyapti, shekilli. Har holda yoshlarimizning ko’plari «Xamsa» dostonlari mazmunidan yaxshi bunga imkoniyat topilmaydi — kitoblar yetish- maydi. Shulami hisobga olgan holda biz Navoiy «Xam- sa»si dostonlarining asosiy mazmunlarinigina ix- cham tarzda bayon qilingan kitobchalar va ulam- ing barchasini to’plab bitta kitob holida tajriba sifatida taqdim etishni ma’qul ko’rdik. Nashr etil- gan asarlaming kirish va xulosa qismlari tushirib qoldirilgan, asardagi cho’zilib ketgan ba’zi oVinlar: manzaralar, monologlar ixchamlashtirilgan. Bu Xil yondashish dostonlaming toliq tushunilishiga imkon bermaydi. Ular haqida keng malumotga ega bolish uchun dostonlaming toliq nasriy bayoni, qolaversa, Navoiy dostonlarining o‘zi bilan toliq tanishish lozim. Qolingizdagi kitob esa dos- tonlar mazmunini osonroq tushunib olishingizga yordam beradi, xolos. Kitob tajriba holida nashr etilayotgani uchun unda ayrim kamchiliklar bolishi ham mumkin. Olimlarimiz, navoiyshunoslarimizning o’rin- li maslahatlari, Navoiy «Xamsa»sining shu xil nashrini yanada mukammalroq nashr etishimizga yordam beradi, deb ishonamiz. Anvar HOJIAHMEDOV YARATILISH TARIXI HAQIDAGo‘zal so ‘zlovchilarning boshidagi toji, haqiqat ganji tojining gavhari, fazilat koni javharining saqlovchisi, yetuklik dengizining qimmatbaho duri bolgan ganjalik ma’noli so’zlar ijodkori1 o‘y-fikri mezoni bo’lgan «Xamsa», «Beshlik» emas, «Panj ganj» («Besh xazina») deb atashga arzirlidir. So‘z durlarining bu ajoyib nozimini falak «Nizomiy» deb atagan edi. Bu nomdagi besh harfni qo’shib hisoblaganda, Allohning ming bir nomiga teng son paydo boladi. Uning asari durlaridan yer yuzi lim-lim bolib, balki falakning qimmatbaho buyumlar solinadigan qutichalari ham to lib toshgandir. Hind chavandozi2 she’riyatida yaratilgan dos- tonlarning har biri go^o Hindis tonning bir viloya- tiga ohcshaydi. U xazina sochuvchi Ganja shohiga payrov boldi, Nizomiy so‘z iqlimining shohi bo Isa, bu Xusravi boldi. Ganja quyoshi o‘z bayroglni ko^argach, so‘z mamlakatini yakkaqalam qilib, qaysi mamlakatni zabt etgan bolsa, o‘sha olka- larga Xisrav ham sipoh tortdi. Qaysi shabistong’aki ul qildi azm, Bazmi yerida bu dog‘i tuzdi bazm. Ul bezabon «Maxzani asrori»din, Bu yorutub «Matlayi anvonidan. Ko’p kishi ham qildi tatabbu’ havas, Sarv-u gul o ‘trusig‘a kelturdi xas. 1 Nizomiy Ganjaviy nazarda tutilyapti. 2 Xusrav Dehlaviy demoqchi. Bermadi yod eskifalak gardishi.U bugun so’fiylar peshvosi, haqiqat sirlarining ochuvchisidir, kolcsi nozik ma’nolar xazinasining duri, ko‘ngli ma’nolar yuzining oynasi, nazmlari jahon iqlimlarida mashhur, nasriy asarlari jon mamlakatlarini egallagan. Lutf-karami, in’om-u ehsoni shoh-u gadolar o’rtasida shuhrat topgan, uning xizmatini ado etganlar bir umr faxrlanib yuradilar. Lekin ul zot menga alohida e’tibor bilan qaraydi, yozgan har bir asari men ko’rganimdan so‘nggina elga yetib boradi. Bahoming fayzyob kunlaridan birida shoirlar-u allomalar, xonanda-yu sozandalar davrasida o’tgan buyuk zotlar she’riyati haqida, jumladan, payrov xususida bahs borar ekan, gap Nizomiy bilan Xusravga taqaldi. Ikkala ijodkor asarlarining jahondagi shon-u shuhrati, ular yaratgan «Xam- sa»laming olam ahliga manzurligi haqida e’tiborli fikrlar bildirildi. Ayniqsa, jami o‘nta doston ichida dastlabki ikki durdonaning o’zgacha o‘m i borligi, ulaming ma’naviy yuksakligi, badiiy barkamolligi to‘g‘risida bir-biridan purmazmun gaplar aytildi. Oradan bir-ikki oy o‘tgach, ul tabarruk zot uyimga mehmon boldilar. Qollarida bir necha kitob bor edi. Ulardan birini qollariga olib, kulib turib, menga tutdilar. Kim: «Olibon boshtin ауодЧда boq, Qil nazar avroqig‘a boshtin-oyoq. Olig’a jon naqdini sochtim ravon, Oldim-u o ‘ptum, dog‘i ochtim ravon. Qaysi go‘h a r«Tuhfat ul-ahror»4 edi. Chun o’qimoq zamzamasi5 boldi bas, Ko‘nglum aro dag‘dag‘a soldi havas. Kim bu yo‘l ichraki alar soldi gom, Bir necha дот о ‘Isa manga ham xirom. Forsi o ‘ldi chu alarg‘a ado, Turki ila qilsam ani ibtido. Forsi el topti chu xursandliq, Turk dog‘i topsa barumandliq. Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum, Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum.Dilni shodlantiruvchi boglaming devorlari ham to‘rt paxsali boladi. Ulaming o‘t-u suv-u havosi yoqimli bolganidek, tufrog’i ham muattar bolishi muqarrar. Sarv-u gul va lolaning xaridori borligi aniq, lekin о‘tinning ham bozori boladi-ku. At las bilan qora rangli ipak kiyim yoqimli bo‘lsa, it yungi ham palos qilishga yaraydi-ku. Lai bilan yoqut va dur qimmatli hisoblansa, nega kahrabo somonni o’ziga tortadi? Shoh uch xil may bilan xursandlik topsa, qolgan loyidan, hech bolmasa may quyqasini ichuvchi mayxo‘r ichib shodla- nadi-ku. Men ham o‘zimning it kabi pastligimni anglab yetdim-u, o‘zimni uluglar ipiga bogladim. Ular yo’qlik dashti tomon y o l olsalar, men ham soya kabi ularga hamqadam bolg’umdir.
DO`STLARGA ULASHING:
Alisher Navoiy xamsa asari haqida