Alisher Navoiy. Ruboiylar va tuyuqlar
9 FEVRAL — MIR ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 577 YILLIGI Hazrat Mir Alisher Navoiy ijodiy merosida ruboiy va tuyuq janrida yaratilgan she’rlar katta o‘rin tutadi. Turkcha she’riyatgagina xos tuyuq haqida shayx Ahmad Taroziy hijriy 840 yilda (1436—1437) bitgan “Funun ul-balog‘a”(“Yetuklik ilmlari”) asarida shunday yozadi: «Bu turk shoirlarining ixtirosidur…» (Sahifada taqdim etilayotgan Yulduz Usmonova ijrosidagi Navoiy tuyuqlarini bir necha yillar avval taniqli rejisyor Bahodir Yo‘ldoshev iltomosiga binoan men tanlab bergan edim) 1 Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo, 2 Ko’k po’yavu sayr ila talabgor sanga, 3 YO rabki, inoyatingni yor ayla manga, 5 Jonimdog’i «jim» ikki dolingg’a fido, 6 Bu qosid ishim ohu fig’on ayladilo, 7 Nomangki, tirikligimdin uldur matlub, 8 Nomangkim, erur boisi iqbolu tarab, 9 Bir aybg’a garchi xalq qilg’ay mansub, 10 Suv ko’zgusini bog’ aro aylarda shitob, 11 Ey ulki, so’zung tushti habib ollida xo’p, 12 Gardun uza bazm uchun maqom ayladi tut, 13 Gar oshiq esang, zebu takallufni unut, 14 Ey ishq, aning ko’yida tavfi haram et, 15 Chun xanjari hajring manga qat’ etti hayot, 16 Bo’ldi mening o’lmagimga savdo bois, 17 Ko’nglumni olibdur ul shahi sabzdavoj, 18 Kunduz ko’rsang o’zungni mahzun qadah ich, 19 Gul vaqti muyassar o’lsa gulfom qadah, 20 Ruhumg’aki maydin erdi har lahza futuh, 21 Qo’rqutma meni tomug’din, ey zohidi yax, 22 Ruxsori uza xollarin ul dilband 23 Yoshimg’a bag’ir qoni chu erdi monand, 24 Ey, sharbati la’ling obi hayvondin alaz, 25 Budur tilagimki, ulki ma’budung erur, 26 Gul zikrin eshiturmenu yo’q guldin asar, 27 Soqiy, badanimni notavon etti xumor, 28 Ko’zum uchadur, magarki yorim keladur, 30 Har garmro’yki, bo’lg’ay ul koshifi roz, 31 Olam bor emish, Navoyiyo, sho’rangiz, 32 Ahbob, dengizki, xonumondin tama’ uz, 33 La’lingni qilib nuktasaro, ey qaroko’z, 34 Ul ko’zki, dame bo’lmadi sog’, ey qaroko’z, 35 Jonbaxsh labing chashmayi hayvonmu emas?! 36 Gar oshiq esang, mehru vafo qilma havas, 37 Mahbubg’a e’tiqod qilmoq bo’lmas, 38 Ham savmaa kunji shayxi tarrorg’a bas, 39 G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish, 40 Ul durri saminki, bor edi ko’zuma yosh, 41 Yo’q bodayi vasl, obi hayzon ul emish, 42 Yillar tutubon shayx maqolotig’a go’sh, 43 Soqiy, meni xor-xordin ayla xalos, 44 Ber jomu ol, ey mug’bacha, jonimni ivaz, 45 Kim istasa saltanat, saxodur anga shart, 46 Bu davrda yo’q sen kibi xushxon hofiz, 47 Kim aylasa soqiyi gulandom tama’, 48 Ul damki, quyosh ayladi mag’ribqa ruju’, 49 Mug’ dayrida dast bersa bir lahza farog’, 50 Bir gul g’amidin dedim qo’yay bag’rima dog’, 51 Berding manga dayr aro iqomat, ey mug’, 52 Nomang yetibon topti ko’ngul izzu sharaf, 53 Soqiy, badanimni qildi g’am tig’i shikof, 54 Yuz mehnatu g’am ko’ngluma yetkurdi firoq, 55 Ko’nglumni g’amu dard ila qon ayladi ishq, 56 Ul damki quyosh bottiyu sorg’ordi shafaq, 57 Yo’q dahrda bir besaru somon mendek, 55 Berahmdurur olamu zolim aflok, 59 Zohid senu hur, manga jonona kerak, 60 Gar dilbar emas malakvashu hur xisol, 61 Bir sori sorig’ po’lovu men tutsog’ yo’l, 62 Turmay meni zoru notavon birla ko’ngul, 63 Umrung quyoshig’a bermasun charx zavol, 64 Ey, joni habibu ko’ngli ahbobg’a lol, 65 Mug’ dayri sori bukun tamanno qildim, 66 Yoshung’on emish qaro bulutg’a mohim, 67 Johilki, hasad bo’lg’ay aning jahlig’a zam, 68 Bahru kemadin ko’ngulda ko’pdur alamim, 69 Masjidg’a necha ahli riyodek yetayin, 70 Gul bordi esa, chaman muattar bo’lsun, 71 Jonim aro o’t la’li suxandoning uchun, 72 Zulfung girihig’a poybast o’lmishmen, 73 Menmenmu visol umididin shod o’lg’on, 74 Zog’eki cho’qub oqizdi qon ko’nglumdin, 75 Ko’nglum gulu sarv mayli qilmas, netayin? 76 Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav, 77 Gar qilsa kishi qilib gunohe tavba, 78 YO koshifi asrori nihon bo’lsa kishi, 79 Eykim, borasen, ko’ngulni qaytarg’il axi, 80 Sen borg’ali ortmish ko’ngul zorlig’i, 81 Jonimg’a yetibturur xumor, ey soqiy, 82 Oxir dame umr etsa shitob, ey soqiy, 83 Dedim zaqaning tutub saqog’ingni o’pay, 84 Har zulf xamig’a qilma vobasta meni, 85 Til so’z bila to qizitti hangomamni, 1 YO rab, ul shahdu shakar yo labdurur, 2 Javr o’qin jonimg’a soqiy yozmadi, 3 YO qoshingdin necha bir o’q ko’z tutay, 4 La’lidin jonimg’a o’tlar yoqilur, 5 Bovujud ul yuz erur gulgunasiz, 6 Charx tortib xanjari hijron bu tun, 7 O’tkali ul sarvi gulrux soridin, 8 Tiyg’i ishqing yorasidur butmagon, 9 Vah, qachong’a tegru ishqing kojidin 10 Ul pari ishqida bu devonani, manba:https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/alisher-navoiy-ruboiylar-va-tuyuqlar-badoyi-ul-bidoya-devonidan.html
DO`STLARGA ULASHING:
ALISHR NAVOIY
RUBOIYLAR VA TUYUQLAR
RUBOIYLAR
Kim andin erur to’la xalo birla malo,
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yanglig’ o’lg’ay masalo.
Kun sorg’oribon ishqda bemor sanga,
Oy dog’ ila qulluq aylab izhor sanga,
Tun anjumi naqdidin xaridor sanga.
Yo’qluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.
Anding so’ng «alif» toza niholingg’a fido,
«Nun»i dog’i anbarin hilolingg’a fido,
Qolg’on iki nuqta ikki xolingg’a fido.
Bu ruq’a tanimni notavon ayladilo,
Bu sa’b xabar ichimni qon ayladilo,
Bu qonlig’ ichim haloki jon ayladilo.
Ochib o’qug’och bir necha lafzi marg’ub,
Ko’p to’lg’onib, ashk ichra o’zumdin bordim,
Ul nav’ki, suv ichiga tushgay maktub.
Yetkursa tarab meni hazing’a, ne ajab,
Yolg’uz mendin ketarmadi ranju taab,
Kim bo’ldi base xalq hayotig’a sabab.
Faqr ahlidin iztirob emastur mahsub,
Sidq ersa xud etmak kerak o’z fe’lini xo’b,
Kizb ersa malomat dog’i bordur matlub.
Siymob qilur erdi taharruk bila tob.
Day qildi bu simobni andoq ko’zgu,
Kim ko’zgu aning qoshida bo’lg’ay siymob.
Mendin yo’lig’a boshing qo’yub, tufrog’in o’p,
Ahbobg’a ham birin-birin xizmat etib,
Arz ayla, niyoz ila duo ko’ptin-ko’p.
Ul bazmda xurshidni jom ayladi tut,
Ul jom ila ishratni mudom ayladi tut,
Oxir dame yer quyi xirom ayladi tut.
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut,
O’tgan gar erur yamon, taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut.
Bizni dog’i ul tavfg’a boshla, karam et,
Bir doira ko’yi tegrasida raqam et,
Gar chiqsa ayog’im, raqamingdvn qalam et.
Bori g’amu darding o’qini tinmayin ot,
Kim oncha qovursun par o’lub butsa qanot,
Toyir bo’lubon yetgamen oxir sanga bot.
Savdog’a havoyi jomi sahbo bois,
Sahbog’a dog’i dayru chalipo bois,
Bu barchag’a ul dilbari tarso bois.
Kim g’amza bila olur mamolikdin boj.
Boshi uzra mamlakat xiroji bir toj,
Toji uza gavhari mamolikka xiroj.
Andoqki quyosh ravshanu mavzun qadah ich,
Ul damki quyosh botti, shafaqgun qadah ich,
Jomingni qilib nechukki gardun, qadah ich.
Andin so’ng tutsa bir gulandom qadah,
Man’ aylasa barcha ahli islom qadah,
Qofirmen agar qilmasam oshom qadah.
Nosih tili neshi qildi ani majruh.
May loyini marham qilayin shomu sabuh,
Ul vaqtqachaki, toza bo’lg’ay manga ruh.
Jannat manga bo’lg’usi debon urma zanax,
Kim do’zax oning yodi bila jannat erur,
Jannat bori sening biladur do’zax.
Ochti chu meni ko’rdi base hojatmand.
Ayshimg’a yamon ko’z etmagay emdi gazand,
Xossaki, ul-o’q bo’lubtur o’t uzra sipand.
Ko’z asradi yoshdek bo’lub andin xursand.
Turmadi ko’zumda yetkach ul sarvi baland,
Bo’lmas kishi farzandi kishiga farzand.
Hayvon suyini qo’yki, chuchuk jondin alaz.
Ne jondin alaz, ne obi hayvondin alaz,
Kim har neki yo’q, ondin alaz, ondin alaz.
Tutkay seni ulyonki, sening sudung erur.
Ko’nglungga yeturgay ulcha behbudung erur,
Ilgingga keturgay ulcha maqsudung erur.
Bu bog’ eshigidin istaram oncha guzar,
Kim topmasa gul jamolidin bahra nazar,
Bori isidin yetsa dimog’img’a xabar,
Ko’nglumni qadahdek to’la qon etti xumor,
Har uzvuma yuz ranj ayon etti xumor,
Tutqil qadaheki, qasdi jon etti xumor.
Es har dam ozar, magar nigorim keladur.
YO bodiyayi firoq sayrida qilib
Yuz marhala qat’ shahsuvorim keladur.
Maqsud harimi sori qilg’ach parvoz,
Tong yo’q, falak uzra aylabon jilvavu noz,
Na’layni malakka bo’lsa mehrobi namoz.
Olam dog’i el boshtin-ayoq rangomiz.
Ishq istar emish seni adam misri sari
Borg’ilki, erur el tilagan yerda aziz.
Ne xonu ne mon, kavnu makondin tama’ uz,
Ne kavnu makon, jonu jahondin tama’ uz,
Lekin demangiz muniki ondin tama’ uz.
Ishq ahli hayotig’a yaro, ey qaroko’z.
Chekma yana surma ko’z aro, ey qaroko’z,
El jonig’a qilma ko’z qaro, ey qaroko’z.
Qonimdin ichar mudom ayog’, ey qaroko’z.
Bilmonki, erur anga qarog’, ey qaroko’z,
YO mast edi, qo’ydi toza dog’, ey qaroko’z?
Hajridin oning ichim to’la qonmu emas?!
Har qatrayi qon la’li Badaxshonmu emas?!
Har porayi la’li javhari jonmu emas?!
Dard istavu daf’ig’a davo qilma havas,
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdin g’ayri rizo qilma havas.
Andin talabi murod qilmoq bo’lmas,
Ko’zning qarosin midod qilmoq bo’lmas,
Gar bo’lsa bitik savod qilmoq bo’lmas.
Ham shayx yuzi zohidi hushyorg’a bas,
Ham dayrda mastlig’ meni zorg’a bas,
Ham mug’bacha vasli joni bemorg’a bas.
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg’a tikandek oshyon bo’lmas emish.
Aylarda ajal anga jafo rasmini fosh.
G’am tnrnog’idin qilib qarog’imni xarosh,
Yoshurg’ay edim oni ko’zum uyida kosh.
Ahbob muloqoti, dema, jon ul emish.
Gardun g’amu ranj suratin naqsh etsa,
Jon chehrasi atrofig’a hijron ul emish.
Ne ko’ngluma zavq yetti, ne jonima jo’sh.
Jonimg’a navo soldiyu ko’nglumga xurush,
Bir jur’a bila mug’bachayi bodafurush.
Gul-gul yuzung och, bahordin ayla xalos,
YO may beru intizordin ayla xalos,
YO o’lturubon xumordin ayla xalos.
Qo’sh tutqilu, ol ikki jahonimni ivaz.
Oni sumururda qatrae tomsa agar,
Sen ham to’k aning o’rnida qonimni ivaz.
Har va’daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig’a nekim kelsa, rizodur anga shart.
Huffoz aro sarhalqayi davron hofiz.
Qur’onga sen o’lg’on kibi yakson hofiz,
Bo’lsun sanga barcha ishda qur’on hofiz.
Ilgidin oning sog’ari gulfom tama’,
Andin so’ng agar taqviyu islom tama’
Aylar esa ul mardak erur xom tama’.
Gar suhbat o’shul quyosh bila topsa vuqu’,
Xushtur qilmoq jom quyoshig’a shuru’,
Ul damg’achakim, qilur quyosh jomi tulu’.
Kim mug’bacha ishqidin qizig’ bo’lsa dimog’.
Ul tutsa mug’ona lahn ila har dam ayog’,
Bosh olsam ayog’idin, kerak boshima dog’,
Bergaymu debon atri dimog’img’a farog’,
Bargin chu mulavvas ayladi bum ila zog’,
Emdi oni islamoqqa yuz hayf dimog’.
Tuttung qadahi mayi malomat, ey mug’,
Bu ishni xud aylading karomat, ey mug’,
YO rabki, hamisha bo’l salomat, ey mug’.
Har lafzi bo’lub murod durrig’a sadaf.
Har satri alam cherikining daf’i uchun
Iqbol sipohidin chekibon bir saf.
Qonim bori oqti, tutma o’zungni maof.
Tutqil badali moyatahallal mayi sof,
To mast qilay g’am cheriki birla masof.
Jonimg’a balovu dard o’qin urdi firoq,
Jismimni fano o’tig’a kuydurdi firoq,
Chun kuydi, kulini ko’kka sovurdi firoq.
Ko’z yo’lidin ul qonni ravon ayladi ishq,
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.
Bazmingg’a shafaqgun may ila ber ravnaq.
Ne haqni unut, ne mayni kuyg’il mutlak,
Kim tongla erur tengri karimu barhaq.
O’z holig’a sargashtavu hayron mendek,
G’am ko’yida xonumoni vayroi mendek,
Ya’niki, aloxonu alomon mendek.
Bemehrdurur anjumu davron bebok.
Qay sarvi chamanki, jilva qildi cholok,
Kim yerga to’kulmadi nechukkim xoshok.
Jannat sanga bo’lsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa, to’la yona kerak.
Andin so’ng ulusning ko’zi ko’ru tili lol.
Ne husnig’a ru’yatu ne ishqimg’a maqol,
Billah, menu oshiqlik erur amrimahol.
Ne tog’u, ne tuz desang, ne obodu, ne cho’l.
Yirtuq kapanakdin chiqorib yalang qo’l,
Ul qochsavu men qovsamu, men qochsamu ul.
Ulfat tutmish ul oston birla ko’ngul.
Yoreki manga jon edi ham azm etti,
Men mundavu xizmatingda jon birla ko’ngul.
Joning qamarini qilmasun davr hilol.
Tun-kun bo’lg’il mahravishu mehrxisol,
Dahr ahlig’a nurbaxshu farxunda jamol.
Men ham qildim jonu ko’ngulni irsol.
Ko’nglumga ber ahbob bila jomi visol,
Jonimni habib ayog’i tufrog’ig’a sol.
Ul mug’bacha husnini tamosho qildim,
Din naqdini kufri birla savdo qildim,
Kim qildi bu ishkim, meni rasvo qildim?
Gardunni sovurmog’lig’ erur dilxohim.
Kirmish qaro tufroqqa quyoshdek shohim,
Nevchun qaro qilmasun quyoshni ohim?!
Nur el ko’zidin anglasa o’z ko’zida kam.
Ko’zlarni olishmoqqa chekib tig’i sitam,
El ko’zini ham o’yg’ayu o’z ko’zini ham.
Kim sekrimayin qadam, yugurmay qalamim.
Maqsuddin oncha soldi bir damda yiroq,
Kim yuz yil oni tay qila olmas qadamim.
YO rind kibi azimati dayr etayin.
Maqsud topilsa yaxshi, yo’qsa netayin,
Boshimni olib qay sori emdi ketayin?!
Sham’ o’chti esa, qamar munavvar bo’lsun.
Shahzodag’a gar ravza muyassar bo’ldi,
Sultong’a jahon mulki muyassar bo’lsun.
Yuzum uza kavkab mahi toboning uchun,
Ko’ksumda alif sarvi xiromoning uchun,
So’zlab, yuz ochib kel bu taraf joning uchun.
La’ling mayidin bodaparast o’lmishmen,
Ul mayni ichib yo’lungda past o’lmishmen,
Hay-hay, ne dedim, magarki mast o’lmishmen?
Bir-bir g’amu anduhdin ozod o’lg’on.
Oz-ozg’ina bergan soyi gul atri nasim,
Bulbuldek ishim nolavu faryod o’lg’on.
Tirnog’ ila uzdi notavon ko’nglumdin,
A’zosida ko’r asar damim dudidiya,
Minqor ila changida nishon ko’nglumdin.
Sarvu gul ila dame ochilmas, netayin?
Dar sho’x ko’runsa, ko’zga ilmas, netaynn?
Bir sho’xkim, ul tilar — topilmas, netayin?
Sajjoda garav bo’lsa, ne tong, ey rahrav.
Chun mug’bacha ollida qilur sajda birav,
Yo’q ayb musallosi oning mayg’a garav.
Ul jurmg’a bo’lsa uzrxohi tavba.
Qilmoq necha goh jurmu gohi tavba,
Bu jurm ila tavbadin, ilohi, tavba!
Halloli ramuzi osmon bo’lsa kishi,
YO oshiqi zori notavoi bo’lsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon bo’lsa kishi.
Bedilliq o’tidin meni qutqarg’il axi.
YO tig’ chekib to’sh-to’shidin yorg’il axi,
Bir porasini bizga berib, borg’il axi.
Oh o’qlaridin har nafas afgorlig’i.
Bilmon, unutulg’onmu ekandur manga hajr,
YO ko’prak erur bu qatla dushvorlig’i?
May tutqilu berma intizor, ey soqiy,
Avval o’zung ayla ixtiyor, ey soqiy,
Tutqil manga so’ngra zinhor, ey soqiy.
Tutqil manga oncha mayi nob, ey soqiy,
Kim hashrda mast o’lay xarob, ey soqiy,
To anglamay etsalar azob, ey soqiy.
Ko’z qoshingga surtubon qabog’ingni o’pay,
Guldek yuzung islabon, dudog’ingni o’pay,
Yo’q, yo’q, yo’q, agar desang ayog’ingni o’pay.
Har ko’z havasidin etmagil xasta meni,
Har qosh tama’ig’a solma payvasta meni,
YO rab, borisidin ayla vorasta meni.
Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.
Har necha itikrak ayladim xomamni,
Ul xoma qaroroq ayladi nomamni.TUYUQLAR
YO magar shahdu shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali
G’amza o’qin qoshig’a yolabdurur.
Vasl jomidin xumorim yozmadi.
Kilki qudrat sabzxatlar ishqidin
O’zga ish ollimg’a go’yo yozmadi.
Otki, o’trusig’a oning ko’z tutay.
Necha ko’rgach o’zga mahvashlar qoshin,
Yangi oy ko’rgan kishidek ko’z tutay.
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur.
Men vafosi va’dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmonki, qilmas yo qilur?
Kim ko’rinur ollida gul gunasiz.
Yuz qizilliq yo’qturur, ey ahli zuhd,
Toki munkirsiz mayi gulguna siz.
Qo’ymadi bir zarra bag’rimni butun.
Tunga borib bizni behol aylading,
Ne baloliq yor emish, yo rab, bu Tun?!
Yo’q xabar ul sarvi gulruxsoridin.
Hajridin bog’ ichra berur yodima
Qoshidin sarvu gul ruxsoridin.
Dardini har kimga oytib butmagon,
Hajr sahrosidur ohim o’tidin
Anda gul yoxud giyohe butmagon.
Ko’zuma har lahza o’t chaqilg’usi.
Basdurur ko’nglumda ishqing, yoqma o’t,
Kim haroratul ham o’tcha qilg’usi.
Eyki istarsen, kelib gulxanda ko’r.
Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
Ey ko’ngul, nazzora qil, gul xanda ko’r.
Alisher Navoiy. Ruboiylar va tuyuqlar