Alisher Navoiy haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Alisher Navoiy haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Alisher Navoiy haqida sherlar to‘plami. XV asr jahon maʼnaviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844-yil ramazon oyining 17-kuni (milodiy 1441-yil 9-fevral)da Hirotda tugʻilgan. Hirot shahri XV asrning birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulugʻ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja oʻgʻli Shohrux Mirzoning qoʻl ostidagi obod manzillardan biri edi.

Alisher navoiy

Ruhi qanday pokiza — ma’sum,
Bahor kabi dilafgor, mayin.
O’z-o’zingdan poklanasan sen,
Uning uchun yig’lagan sayin.

Bilki,
Mazmun — ko’ngling to’lgan payt,
— Shuuringda jonlansa hayot.
Osmonda — ruh, Yerda — vujuding…
Havoda-chi… suzsa dil — bayot.

Besh asrkim

Navoiyning asarlaridan

Unda shohlar tarashlaydi tosh,
Tog’ni kesib o’tadi doston.
Tojdan chiqib, yuksalganda bosh,
O’pib qo’yar egilib osmon.

Unda falak o’z tasbehini,
Misra qilib o’giradi jim:
G’azaldagi xushbo’y behini,
Islab yashar Hadichabegim.

Unda Hirot doim qushuyqu,
Samarqandni izlaydi tushdan.
Vatan degan qadimiy qayg’u,
Kuylab turar ming yillik ishqdan.

Ashraqatni ko’rasan unda,
Ilohiy nur ochar ko’zingni:
Anglaysanki, dunyoi dunda,
Tanimabsan hali o’zingni.

Navoiy ozod qilgan qul

So‘z mulkining sohibqironi

Yo‘qdir turk nazmida siz qadar daho,
«Xamsa»dan buyukroq asar hamon yo‘q.
Yo‘qdir «Xazoin ul-maoniy» – yakto!
Sizsiz Xuroson-u buyuk Turon yo‘q.

Ne baxt, mukarramsiz aziz olamga,
Sizsiz nozimlarga davr-u davron yo‘q.
Qilichlar qudratin bermish qalamga,
Sizsiz ona zamin, toza osmon yo‘q.

Yo‘qdir sizni aziz bilmagan yurtdosh,
Sizsiz ulusimga sharaf-u shon yo‘q.
Yo‘qdir falak uzra balqigan quyosh,
Sizsiz bizga hayot, yorug‘ jahon yo‘q.

Sizdek bunyod etib oliy qasrlar,
Hazrati Insondan, balki shodmon yo‘q.
Havas qilsa arzir ellar, nasllar,
Mashriqda bundayin dorulamon yo‘q.

Siz millat ramzisiz, millat faxrisiz,
Sizdek shamsul millat, zebi jahon yo‘q.
Siz bilan toabad baland qadrimiz,
Tangri nazar qilgan Sizdek komron yo‘q.

Sizga shahar qurdik Navoiy debon,
Bundan ziyod balki, zo‘r armug‘on yo‘q.
Zamon Farhodlari ayladi bo‘ston,
O‘zbekday me’mor-u qo‘li gul jon yo‘q.

Yo‘qdir sizdek hoqon bu jahon aro,
Nazmda zabardast bir qahramon yo‘q.
Yo‘qdir piri komil bir doston aro,
So‘z mulkida sizdek Sohibqiron yo‘q!

Shoirlar xiyobonida — Shavkat Rahmon

Ayniqsa,
Bahorni xo’b ko’rar hazrat,
Jannatday shaharning harir shablari,
Bulduruq shu’lalar yoshartgan ravza,
Ancha ravshan qilar nozik ta’blarin.

Istaklar,
Shabiston qavatlarida,
Ishqu noz mayidan bo’lganda luchchak,
Xo’bro’ylar zulumot valatlariga,
Bargak lablaridan berganda muchchi.

Hazrat dunyo kezar,
Ko’hsoru yovar,
Mazgildan o’tarkan bamisli sharpa,
Go’yoki tagida chaqmoq — takovar,
Bir kech Hirot jonib,
Bir kecha — Mashhad.

Doim tonglab qaytar,
Chiqar taxtga,
Tinglar haykallarning hasratlarini.
Yuragi ezilar bo’lgancha karaxt —
Oyog’i yo’q edi pastdagilarning…

Ammo osmon yiroq,
Zamin qattiq-da,
Tag’in andomiga qaytar tolg’inlik.
Tag’in xayol surar turgancha tikka,
Hazratni qiynaydi hamon yolg’izlik.

Navoiy buyuk siymo

Tun bilan tong erur tashbehda udum,
Misoli zahru may, hajru shakar lab.
Kimnidir quyoshday eslasa mardum,
Kimnidir zulmatday yurarlar qarg’ab.

Nido tingla, bu kun, yurting tarafdan,
Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er!
Ogoh bo’l, Alisher, sen ushbu gapdan:
Har ikki nabirang — biri Alisher.

Baytingga bir bora qovushgan har lab,
Takrorlab ketgusi mahshargacha to.
Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto.

Birovlar nazdida johil Osiyo,
Faqat zavol ko’rib, ko’rmagan kamol.
Muso iltijosi yetdi-yu go’yo,
Haq Tur tog’i uzra ko’rgazdi jamol.

Jahon mehrobida paydo Alisher…
Shodmon qasida ayt sen ham, ey quyosh!
Besh yuz yil, unga ham nima gap axir,
Mingga qadam qo’ydi yigirma besh yosh.

Alisher Navoiy — Xurshid Davron

Alisher — G’afur G’ulom

Hirot tongotarin tasavvur kilib,
Yigitlik umringning kamolin ko’rdim:
Qarigan chog’laring qaro shomida,
Xuroson o’lkasin zavolin ko’rdim.

Zavolni bilmagan porloq ijoding,
Ma’rifat mulkida bitmas xazina!
Insoniy kamolot katta yo’lida,
Bir poya yuksakroq oltindan zina.

O’tmishdan besh yuz yil tarixchi uchun,
Sinchiklab qarasa — kuni kechadek.
Yashovchan kishiga endigi ming yil,
Ertaga qo’liga kirgan o’ljadek.

Besh yuz yil hurmating saqlagan o’zbek,
Kecha tug’ilding, deb qiladi faraz,
Yetuk kishilarni yana ming yillar,
Xalq farzand ataydi, jondan — beg’araz.

O’zbek deb atalgan ozod ulusning,
Otaxon shoiri, qadrli ustod.
Oshiqlar g’azaling kuyga solganda,
Ma’shuqlar dilining xonasi obod.

Biror shohbaytingni yoddosh tutmagan,
Kattadir, kichikdir, bizda kishi yo’q.
Oltin baldoqdagi nifrit ko’z kabi,
Asaring biz uchun bo’ldi qorachiq.

Ulug’vor xalqimiz tarixda mashhur,
Guvohlik berolur bunga Gerodot.
O’zbekni, tojikni qabila atab,
Biror lord qilolmas o’tmishni unut.

Sharqimiz chumoli uya emasdir,
Birin birovidan tanib bo’lmasa,
Sho’rlik boyvachchalar, toleingiz sho’r,
Afsuski, tarixdan tonib bo’lmasa!

Ne-ne tarixlarni boshdan o’tkazib,
Talay jafolarni tortgan eski Sharq —
Ne-ne daholarni tarbiyat qilib,
Oftobday jahonni nurga qildi g’arq.

Alisher Mushtariy yulduzi kabi
O’zbek osmonida bolqigan chog’i,
Yana bir muhtaram o’g’il ko’rganday,
Kattaroq ochildi olam quchog’i.

Elektr barchaning uyin yoritur,
Va tuz totimida milliy farq yo’q.
Ma’rifat insonning sherik xislati,
Vatani fazodir bo’shalarkan o’q.

Tirik Farhodlarni tanimak bo’lib,
Oliy yurtimizga qilsangiz safar,
Bu yerda har bitta taroshlangan tosh,
Yuksak umidlardan beradi xabar.

Navoiy sog‘inchi

Oybek va Navoiy

Alisherning onasi

Balki buyuk farzandiga,
Terib kelgan chechaklar.

Balki tunlar unga bedor,
Aytib bergan ertaklar.

Mayliga, u kim bo‘lmasin,
Yolg‘iz bir so‘z ma’nosi:

Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi.

Navoiy bobom

Navoiydan so’z ochsam agar

Toki yangrar hayot qo’shig’i,
Ochiladi orzu eshigi,
Tebranadi xalqim beshigi,
Navoiydan so’z ochsam agar.

Jahon umriga teng Navoiy umri,
She’riyat ahlining bayroqdori ul,
G’azal olamida nidosi amri,
Qo’shig’i kuy bo’lib yangragay mangu.

Kelajakka qo’yib poydevor,
Tarix so’zlar ko’zgusiga bo’y,
Nazm oqar azim shiddatkor,
Og’ushiga tortib ketar oy.

Navoiy bobomlar

Assalom Navoiy

Buyuk tog‘lar ichra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ichra bo‘lib suyukroq,
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.

Navoiy bobomga she’r

Sulton Navoiy

Alisher Navoiyga bag’ishlov

Navoiy — Mirtemir

Ko’z oldimda nuroniy siymo,
U zabardast qalamkash inson.
Daftarimga qiladi imo,
G’azalimni o’qidim hayron.

— Balli, — dedi, — andak havas bor.
Hikmat degan g’azalga husn,
Chidam darkor, vazminlik darkor,
Kuylagani erlar tuyg’usin.

Umring yorug’, Vataning ujmox,
Mendan so’ra, men yonib o’tdim.
Anglamadi zamona, evoh,
Besh asrkim, shu kunni kutdim.

Beshigim u qadimiy qal’a,
Balki og’am u Bahrom sardor,
Balki onam nozanin Laylo,
Balki singlim Shirin nolakor.

Balki yurtim u zangin dara,
Balki do’stim Farhod pahlavon.
Ammo, asring baland yuz karra,
Har poyada bir ulug’ doston.

Besh asr, besh lahza

Besh asr, o‘n asr – mezon emas Vaqt,
Mezon tiriklikdir,
Mezon – shu hayot.
Bu qadim so‘zlardan qo‘rqqan yog‘iylar
Toki tirik ekan, “Xamsa” barhayot.

Hamon ko‘zlarimni tiksam qog‘ozga,
Zanjirni uzar-da ozod bo‘lar sher.
Mening hasratimga hayrat qo‘shadi.
Navoiy qalbidan qalqib chiqqan she’r.

Hamon hayajonga to‘la tunlari
Achchiq iztirobga berolmasdan dosh.
O‘t kabi kuydirib o‘tar yuzimni
Navoiy ko‘zidan qalqib chiqqan yosh.

“Xamsa” – bu, bamisli biz tushgan kema,
Olisdan-olisga bormoqda suzib,
U – qo‘shin, Navoiy, kelajak deya
Bormoqda so‘zlardan besh cherik tuzib.

Bugun Navoiyning mehrga to‘la
Kafti bo‘lib silar boshimizni u,
Shu sabab oldinga yurmoqqa dalda
Berar u – ko‘zlarni chulg‘asa qayg‘u.

Shu sabab so‘zfurush, yurtfurushlarga
Qarshi odil jangga hayot chorlasa,
Tap tortmay chiqqan choq janggohlarga biz,
Ortda qo‘shindayin yuksalar “Xamsa”.

Qarshimda ko‘raman yodgorlarni man,
Ko‘raman makrli yosumanlarni,
Toki sen borsan-ki, “Xamsa”, yengaman,
Yengaman jang chog‘i shum dushmanlarni.

Jangda chekinmoq yot!
Jangga kirgin, she’r!
Bu jangda g‘olib bo‘l, yo bo‘lgin qurbon,
Axir, tingla, ortdan eshitilmoqda,
Navoiy nafasi – tolg‘in, parishon.

Sen ortga qayrilib qarama, toki,
Seni qiynamasin bobomning ko‘zi.
Sen oldga intilgin, oldinda yangrar
Mangulik timsoli – Shoirning so‘zi!

Navoiyni anglash

Navoiydan keyin

Irfonga kim mushtoq erur? She’r mulkida kim toq erur?
Ayting, nechog’lik oq erur yuzlar Navoiydan keyin?

Ko’rmam fasohat shohda ham, topmam adolat johda ham,
Ketmish o’chib bu rohda*** ham izlar Navoiydan keyin…

Umri kuzakka yetmadi… Ka’ba tavofin etmadi…
Sarg’aydi-yu, lek ketmadi kuzlar Navoiydan keyin.

Nafs ko’yiga ot soldig-ey, botil xayolga toldig-ey,
Qaysi maqomda qoldig-ey, bizlar Navoiydan keyin!?

Navoiy — Nodir Jonuzoq

Muxoliflar bigiz sanchsa giz-gizlab,
Qalam yo’nmas alam-qasdda Navoiy.

Ko’k toqiga ot qo’ysa-da xayoli,
Pok nazari mudom pastda Navoiy.

Shaydo dillar davrasida soqiy ul,
Ishq mayidan mangu mast-da Navoiy.

Do’stlar, shoir bo’lolmasak, ayb etmang:
Bir millatga o’zi bas-da Navoiy!

Sherlar
Alisher Navoiy haqida sher eng sara sherlar to‘plami