Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga bag`ishlangan ertalik ssenariy to’liq malumot oling
Ertalik maktab zalida bo`lib o`tdi.
Mundarija
скрыть
Ertalikni maktabimizning ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari o`chib berdi . Sinfning a’lochi o`quvchisi oltinoy bobomiz haqida qisqa tushuntirish berdi.
Mahliyo – Ko`p jahongiz ko`rgan bu dunyo
Hammasiga guvoh yer o`sti.
Lekin do`stlar she’r ahli aro,
Jahongiri kam bo`lar rosti.
Oltinoy: (Alisherga qarab so`z boshlaydi). Ustoz, sizning she’riyat mulkida sulton bo`lib, jahonga o`zbek shon – shuhratini yoydingiz, turkiy zabonda ash’orlar bitgansiz. Ustoz ash’orlaringizdan aytib bersangiz.
Alisher: Boshni fido ayla ato qoshiga
Jismni qil sadqa ano boshiga
Ikki jahoninga tilarsan fazo
Hosil et ushbu ikkisin rizo
Tun – kuninga aylagil nur bosh
Birisin oy ayla, birisin quyosh
So`zlaridan chekma qalam tashqori
Xatlaridan qo`yma qalam tashqori
(Hamma o`quvchilar olqishlaydilar, “Ofarin”, ustoz, “Qulluq” – deydilar)
Nodira: Ustoz, siz yozib qoldirgan hikmatlarni biz e’zozlab o`rganamiz. Ruhsatingiz bilan ulardan o`qib bersak.
Til bilgan – el biladi.
Azamat: Chin so`z – e’tiborli, yaxshi so`z qisqa bo`lur.
Jur’at: Oz – oz o`rganib dono bo`lur, Qatra – qatra yilg`ilib daryo bo`lur.
Muhammadjon: Bilmaganni so`rab o`rgangan olim, orlanib so`ramagan o`ziga zolim.
(“ofarin, qulluq, barakallo” so`zlari aytib turiladi)
(Sahnada Shoir Lutfiy o`tirib she’r yozayapti)
Alisher: – Assalom ustoz.
Lutfiy: Q – Barakallo, o`g`lim, barakallo. Biz faqirni ko`rgani, mamnun qilgali kelibsen. Sen kabi aqlli boadab o`g`lonning suhbati bilan dilimni ochay, ash’oringni tinglay.
Alisher: Orazin yopg`och ko`zimdin sochilur har lahza yosh.
Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lgach quyosh.
Lutfiy: – “Ofarin o`g`lim”, Qasam tangrigakim, agar imkon bo`lsa edi, men o`zimning fors va turkiyda aytgan o`n ikki ming baytimni shu g`azalga almashar edim, ham ayni zamonda o`zimni ulug` maqsadga erishgan deb hisoblar edim.
Ruhsora: – Alisher yoshligidan do`sti Husayn Bayqaro bilan inoq, ahil, do`st bo`lgan, birga o`ynagan va birga maktabga borgan.
Sarvinoz: – Hatto ikki oila
Bir-birini hurmat ila
Tez-tez yo`qlab kelishar
Mehmon, mezbon bo`lishar
Shunda ota-onasi
Topib qulay xonasin
Yig`ilib yaqinlari.
Boshlovchi: – Aziz o`quvchilar, hozir “Alisher bilan bulbul” nomli sahnalashtirilgan rivoyat bilan tanishamiz va bobomiz o`zlariga qanday taxallusni tanlaganini bilib olamiz. (sahnada Alisher kursida o`tirib she`r yozayotgani ko`rsatiladi).
Boshlovchi: – Olgari zamonda G`iyosiddin kichkina degan kishining Alisher ismli o`g`li bo`lgan ekan u yoshligidan uddaburro, ziyrak bo`lib o`sibdi. To`qqiz yoshga to`lganda esa she`rlar yoza boshlabdi. Odamlar (bola o`ziga) u yozgan she`rlarni quloq berib tinglaydigan bo`lishibdi. Lekin bola o`ziga hali tahallus tanlamagan ekan. Alisher bir kuni yangi she`rlarini yozibdida, uni boqqa chiqib, baland ovoz bilan o`qib boshlabdi.
Alisher: – G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa
Bulbulga tikondek oshiyon bo`lmas emish
Boshlovchi: – Gul shohida o`tirgan bulbul Alisherning yoqimli ovozini eshitib qolibdi. Yosh shoirning goh qo`ng`iroqday jarangdor, goh tong shamoliday mayin ovozi bulbulni o`ziga maftun etibdi.
Alisher: – Men Alisherman.
Bulbul: – Bildim, bildim, yangi chiqqan shoir ekansizda. Endi o`zingizga chiroyli bir nom tanlab, she`rlaringizni oxiriga taxallusingizni qo`ying.
Shu bilan ertagimiz tugadi.
Darsliklar
Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga bag`ishlangan ertalik ssenariy