ALIQAMBAR haqida malumot bilib oling.
ALIQAMBAR — 1) Turkiston xalqlari ijodida (oʻzbeklarda — A. yoki Qambar ota, turkman va qirgʻizlarda — Bobo Qambar, tojiklarda — Qambar yoki Boboi Qambar) chaqmoq va momaqaldiroq chaqiruvchi afsonaviy shaxs, baxshi va sozandalar «piri», shuningdek musiqa asboblari (mas, dutor)ning afsonaviy ixtirochisi. Oʻzbek va tojik musiqa folklorida koʻpgina yomgʻir chaqirish marosim qoʻshiqlari (mas, «qambar boziy») A. nomi bilan bogʻliq. Xorazm afsonalarida Aliqambar xalifa Alinkig otboqari va otboqarlar «piri». Beruniy yozgan qad. turkiy xalqlar mavsumiy bayrami — «gahanbar» talaffuzning oʻzgarishi natijasida Aliqambarga aylangan degan baʼzi mulohazalar ham mavjud;
2) oʻzbek xalq kuyi. Vazmin lirik raqs, usul jihatidan ufar yoʻllariga yaqin. Ohanglari xorazm yirik ashula yoʻllari (Feruz, Suvoralar), dostrn va maqomlarida cholgʻu naqarotlari sifatida, shuningdek ayrim oʻzbek bastakor va kompozitorlari asarlarida ishlatilgan.
Ensiklopediya.uz
ALIQAMBAR