ALINAZAR QORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALINAZAR QORI haqida malumot bilib oling.

ALINAZAR QORI, Qori naqqosh (1881 — Qoʻqon — 1931) — miskarnaqqosh. Qoʻqonlik Hoji Fozil Otaulla oʻgʻlidan hunar oʻrgangan. Alinazar qori mis idishlarni qoʻqon uslubida milliy mumtoz naqshlar bilan bezagan, naqshlar orasiga lirik baytlarni mohirona zarb qilgan. U naqsh bergan ajoyib idishlar Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
ALINAZAR QORI