ALIMOV Ibrohim Abdugʻafforovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALIMOV Ibrohim Abdugʻafforovich haqida malumot bilib oling.

ALIMOV Ibrohim Abdugʻafforovich (1935.5.4, Andijon) — tarixchi, arxivshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982). Tarix fanlari d-ri (1982), prof. (1989). Moskva davlat tarix-arxiv in-tini tugatgan (1958). Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv boshqarmasi hujjatlardan foydalanish va eʼlon qilish boʻlimining mudiri (1959—64). Oʻzbekiston Markaziy davlat arxivi direktori (1965 — 73). Oʻzbekiston FA Tarix in-tida boʻlim mudiri (1989—95). Andijon davlat un-ti prof. (1996-y. dan). Ilmiy ishlari asosan Oʻzbekistonda agrar masala muammolari, Oʻzbekistonda arxiv ishlari nazariyasi va amaliyoti, arxivshunoslikka bagʻishlangan.

Ensiklopediya.uz
ALIMOV Ibrohim Abdugʻafforovich