Aliment qanday daromadlardan ushlab qolinadi

Aliment qanday daromadlardan ushlab qolinadi

aliment qanday daromadlardan ushlab qolinadi 660b865f02870Aliment qanday daromadlardan ushlab qolinadi? Ularni, masalan, kasallik varaqasi va moddiy yordamdan hisoblab chiqarish zarurmi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan buni yurist Ikrom ABDULQODIROV tushuntirdi:

— Alimentlarning miqdori va ushlab qolish tartibini quyidagilar tartibga soladi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi;
  • “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun;
  • Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, 29.12.2001 yil, 1091-son;
  • Qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki boshqa shaхslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish qoidalari, 08.07.2009 y., 1980-son va boshqa qonun hujjatlari.

 

Alimentlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi OK 104-m..


Ish haqidan

 

Alimentlar undirish, sogʻliqqa shikast yetkazilgani oqibatidagi va h.k. zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qarorni ijro etishda undiruv qarzdorning ish haqiga yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratiladi 29.08.2001 yildagi 258-II-son Qonun 64-m 29.12.2001 y., AV roʻyхat raqami 1091-son 121-m. 1-k b..

 

Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi 29.08.2001 yildagi 258-II-son Qonun 65-m..

 

Yuqorida zikr etilgan daromadlar (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar) SKning 371-moddasi bilan belgilangan.

 

Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha undiruv faqat sudning qaroriga binoan vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotganda toʻlanadigan ijtimoiy sugʻurta nafaqalariga va ishsizlik nafaqalariga qaratilishi mumkin 29.08.2001 yildagi 258-II-son Qonun 68-m.

 

Davomini buxgalter.uz da oʻqing.

 

 

Savollarga javoblar
Aliment qanday daromadlardan ushlab qolinadi

manba:norma.uz