ALIMЕNT OLAYOTGAN ONAGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI. to’liq malumot oling

ALIMЕNT OLAYOTGAN ONAGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI. to’liq malumot oling

ALIMЕNT OLAYOTGAN ONAGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI.

⚡️SAVOL;

Men oilam bilan ajralishganman. Xozirda turmush o‘rtog‘im ikki nafar bola uchun aliment to‘laydi. Olayotgan alimentim sababli menga bola puli berilmaydimi ?

⚡️JAVOB;

Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, olingan alimentlar oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda inobatga olinadi deb ko‘rsatilgan.

✏️ Yuqoridagi normaga ko‘ra olingan aliment oilaga bola puli berilishi uchun daromad sifatida xisobga olinishi to‘g‘ri lekin, nizomda aliment olingani uchun bola puli berilmaydi deb ko‘rsatilmagan. O‘sha olingan alimentni oilaning boshqa daromadlari bilan qo‘shib xisoblaganda kishi boshiga 440 ming so‘mdan oshib ketmasa bo‘ldi, bola puli berilishi mumkin.

Yuridik
ALIMЕNT OLAYOTGAN ONAGA BOLA PULI BЕRILMAYDIMI.