ALIKOʻSh haqida malumot bilib oling.
ALIKOʻSh — neolit davriga mansub manzilgoh (mil. av. 8—6-ming yillik). Erondagi Musiyon sh. yaqinida. Amerika ekspeditsiyasi tomonidan 1961 va 1963-y. larda qazishma ishlari olib borilgan. Quyi qatlamlardan paxsa uy qoldiqlari, koʻplab chaqmoqtosh qurollar topilgan. Aholi ovchilik va terimchilik, qisman dehqonchilik (bugʻdoy va arpa donlari topilgan) bilan mashgʻul boʻlgan, echki xonakilashtirilgan. Keyinchalik, dehqonchilik va chorvachilik xoʻjalikda asosiy oʻrinni egallagan, qoʻy xonakilashtirilgan, obsidiandan yasalgan qurollar tarqala boshlagan, mil. av. 6-ming yillik boshlarida sopol buyumlar paydo boʻlgan. Alikoʻsh dagi topilmalar Yaqin Sharqning pasttekislik mintaqalarida ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotning qanday vujudga kelganini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Ensiklopediya.uz
ALIKOʻSh