Alifbe bayramlari to’liq malumot oling

Alifbe bayramlari to’liq malumot oling

Alifbe bayramlari
Xonqa tumanidagi 32-umumo’rta ta’lim maktabining 1-b sinfida bo’lib o’tgan savodxonlik bayrami ssenariysi
Mundarija скрыть

 

Boshlovchi: Assalom mehmonlar mo‘tabar suyuk

Assalom ustozlar, nomlari buyuk

2-Boshlovchi:  Assalom otalar, baxtim posboni

Assalom onalar, fidoyi joni

1-Assalom, balajon iqboli porloq. Bugun ilk  bayramga yetishgan quvnoq

2-Sizlarga aytayin bir shirin tilak. Savodxonlik bayrami bo‘lsin muborak

— Assalomu alaykum aziz, mo‘tabar, muhtaram ota-onalar, ustozlar o‘quvchilar!

2- Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligi-yu quvonchi  bo‘lgan savodxonlik  bayrami bilan  chin qalbdan tabriklaymiz.

1- Sizlarga uzoq-umr,  bolajonlarga baxtli  davron porloq tole, nurli  kelajak tilaymiz.

2- Endi esa ana shu tantanani  ochish, yoshlarni qutlash uchun so‘zni  maktabimiz direktoriga beramiz.

1-Keling azizlar endi bolajonlarimiz sizga o‘z bilim va san’atlarini nomoyish qilsalar siz miriqib  tomosha qilsangiz.

Madhiya

2-Ayting qani azizlar

Baxtiyor  o‘g‘il qizlar

Nechun  keldik bu yerga

Nechun bor yosh ko‘ngilda?

1-o‘qituvchi:       Bugun bizga zo‘r quvonch

Yurakka shodlik to‘lgan

Savodxonlik bayrami

Bizni bunga keltirgan

1- Qanday qilib savodxon

Bo‘lib oldingiz chunon?

2-o‘quvchi:                  Alifbe bo‘ldi sirdosh

Ilm yo‘lida yo‘ldosh

Sochdi ziyo nurini

Bo‘lib misol quyosh

3-o‘quvchi:                  Alifbeni chaqirsak

Baravar qarsak chalsak

Kelar bizga mehmonga

Shu ajoyib makonga

Hamma:             Alifbejon kelaqol

Bizga mehmon bo‘laqol

(Alifbe kirib keladi)

Alifbe:                 Assalom  bolajonlar

Aqli soz  bilag‘onlar

Bugun shodlik  muborak

Savodxonlik muborak

Bolajonlar:         Raxmat senga Alifbe

O‘zing berding barini

 

 

 

Alifbe:                 Ayting nelar bildingiz

Ne sirlar o‘rgandingiz

Menga sovg‘a bo‘lsin deb

Nelar tayorladingiz?

4-o‘quvchi:                  Chiziqchalar chizishni

O‘qishni va yozishni

Husnixat-u qiroat

Sendan o‘rgandik faqat

Alifbe:                 Qani ayting nechta harf

Nechta tovush bor menda

5-o‘quvchi:                  29 harf bildik

30 tovush bor senda

Alifbe:                 Qani harflar so‘zlasin

Tartib bilan tizilib

Bolajonlar so‘zini

Eshitoy maza qilib

(Harflar chiqadi)

Alifbe bayramlari

 

A. Asal shifo deydilar

Asal davo deydilar

Shuning uchun dardlilar

Doim asal yeydilar

Botir baliq ovladi

Bankasiga joyladi

Bobomga beraman deb

Kattasini sayladi.

Damin dalaga chiqib

Dov-daraxtga qaradi

Bobosidan o‘rganib

Bog‘ yaratmoq istadi

Ergash, Erkin, Erali.

Erta, turib yugurdi

Endi qolishmas Vali

Uyqusini do‘ndirdi.

Farxod, Farida, Farrux

Tortar damba-dam oh-uh

Til rasmini chizolmay

Chekishadi g‘am anduh

Gulzor oralab Gulnoz

Gullar teradi asta

Mehrini qo‘shib dildan

Yasadi zo‘r guldasta

Hali-hali ko‘rasiz

Halimaning holini

Qorin ushlab kulasiz

Uning ochgan polini

Itim bor nomi bo‘ynoq

Qop-qora, yuz-bo‘yin oq

Irillab izimda u

Bo‘laylik deb do‘st-o‘rtoq

 

Jo‘ja boqar Jamila

Sariq, qora ola-bula

Jo‘jalarni ichida

O‘zi doim ovora

Karim kaklik, kakkuning

Rasmini chizib keldi

Kitobdagi suratni

Bildirmay yirtib keldi.

Layli, Laylo, Lobarxon

Juda  qalin uchovlon

O‘yin o‘ynar ayrilmay

Bo‘lib dildan qadrdon

M. Moshvoy malla mushugum

Oftob ko‘rsa quvonar

Tirnab uyning eshingin

Hovlida ko‘zi yonar

Nondir aziz zo‘r ne’mat

Bobolar qadrlang der

Nonni aylagan hurmat

Nondek aziz bo‘lar bil

Oydinda Oydin, Oygul

Oymomoga termuldi

Ayt, qaysimiz oqil deb

Oyga xo‘p savol berdi.

Paxta, paxta, paxtajon

Sen bilan to‘lsin xirmon

Kiyim  kechak yog‘-bo‘yoq

Sendan bo‘lar begumon

Qodir, Qosim qalin do‘st

Qorbo‘ron o‘ynadilar

Qarbobo yasab tunda

Savg‘a tayyorladilar

Rassom rasm chizadi

Raqqosa raqs tushar

Raketa yasasam ayt

Unda  qay batir uchar

Salim soat so‘radi

Sabohat dedi qara

Asta qo‘lin uzatdi

Yurib qolsa deb zora

Tursunboyning tovug‘i

To‘qqizdan oshib ketdi.

Tursunoyning  jo‘jasi

Unga qo‘shilib ketdi.

Uzum, behi, olmasi

O‘zim ekkanman aka

Bugun bog‘da hammani

Chaqirayin yemakka

Vali varrak yasabon

Ko‘kka uchirdi chunon

Vasilaning varragi

Boland uchar begumon

Xolbek, Xalil, Xotamning

Xolnisa xolasi bor

Adashtirmang Adhamning

Aziza ammasi bor

Yo‘lchi, Yo‘ldosh kitobga

Mehr bergan a’lochi

Yo‘q demasdan birovga

Yo‘l ko‘rsatar yo‘lboshchi

         Zarifaning zo‘ntigi

Buzilib qoldi tezda

Zokir uni tuzatib

Rahmat eshitdi qizdan

O‘                        O‘rik o‘g‘irlab bog‘dan

O‘rinboy qochib qoldi.

Oldidan chiqqach bog‘bon

Lol, hayron shoshib qoldi.

G‘                        G‘ani, G‘ulom g‘ildirak

Dumalatar tinmayin

Onasi bo‘lib halak

O‘qing deydi kunma-kun

Sh.                       Shalolaxon, shalola

Ayt bu rayhonmi lola

Tabiat zo‘r yaratgan

Qizil yoqut piyola

Charos, Chaman, Chinnigul

Childirmani chaladi

Eshitsa qizlar butkul

O‘ynagani keladi.

Ng                       Bodring, ko‘ngil, singilda

Ng ni qo‘shib o‘qiymiz

Alifbening oxiri

Endi shunda to‘xtaymiz

Alifbe: Barakalla, yana nelar

O‘rgandingiz bilgim kelar?

 

O‘quvchi:                     Ona, vatan, Mustaqillik

Kitob, maktab, ustoz barin

Maqol, topshmoq tez ayrish

O‘rgandik biz shular sirin

Qo‘shiq:  Atlas ko’ylak

She’r:  Vatan

 

Vatan

Mening ozod makonim

Gullagan chin maskanim

O‘zbekiston atalgan

Xazon bo‘lmas chamanim

Bobolarim sevgan el

Momolarim bilgan el

Ajdodlari ardoqli

G‘urur bilan to‘lar dil

Mustaqil bo‘lding bugun

Ketdi yurakdan tugun

Olmamga dong‘i ketgan

Diyorsan baxti butun

Qo‘shiq:     Mustaqillik

Kuzning ilk kuni

Yurtimda bayram

Unutmas uni

Barcha shod-xurram

(1 sintabr-Mustaqillik kuni yozuvi)

Dono yurtboshi

Odil yo‘lboshchi           (president rasmi Gerb huma qushi )

Xumo  boshimda

Nurini sochdi

Bayrog‘im baland         (O‘zbekiston bayrog‘i  madhiyasiolib chiqiladi)

Hilpirar doim

Madhiyam kuylab

Kutayin tongim

Tegmasin ko‘zlar

Yurtumga deyman

Baxtini ko‘zlab

G‘amini yeyman

 

She’r kitobim-oftobim

Bilim-u saboq

Harni qorayu oq

Tilsimu jumboq

O‘rgatgan oftob

Kitob-bu kitob

Tarixi-u o‘tmish

Bahor, yozu qish

Sharafu olqish

Ko‘rsatgan shu tob

Kitob-bu kitob

Bobolarim kim

Momolarim kim

Nedan bu faxrim

Ketmasin baxtim

Ayrolgan shut ob

Kitob-bu kitob

1-Boshlovchi:      Yana lapar, yallalar

Yangrating shod pallalar

Qarang davra qizidi

O‘ynaydigan pallalar

Lapar:                 Arka qizlar choqqonlashib galinglar

Go‘rali bu to‘yning tomoshosini

Shu to‘ylarda yaxshi hizmat  atinglar

Hamma go‘sin to‘yning tomoshosini

Qarindosh-do‘g‘onlar atinglar hizmat

Dunyoda bo‘lg‘aysiz sog‘u-salomat

Mudom shu  joylarga yog‘ilg‘ay davlat

Go‘rali bu to‘yning tomoshosini

Erka qizlar qizil gulday ochilsin

Xon atlasdan qo‘sha ko‘ylak bichilsin

Go‘rgan hayron qolib og‘zi ochilsin

Go‘rali bu to‘yning tomoshosini

(o‘yin bilan)

 

2-Boshlovchi:      Ha, aziz mehmonlar bizning yoshlarimiz haqiqiy xorazmliklar

san’atsevar bolalari qarang hazil-huzilham  joyida.

Chipra dalli:       Qaqrada gumri in atar

Chipra dalli-dalli

Ushlab olsam kima yetar

Chipra dalli-dalli

Otiz dadim, chel dadim

Chipra dalli-dalli

Katmon dedim, bel dedim

Chira dalli-dalli

Chipra dalli-dalli ey

Chipra dalli-dalli

Hay-hay damaka galdim

Chipra dalli-dalli

Qaymoq yemaka galdim

Chipra dalli-dalli

Qaymoq bohona atib

Chipra dalli-dalli

Sani go‘rmaka galdim

Chipra dalli-dalli

Chipra dalli-dalli ey

Chipra dalli-dalli

qo‘shiq:                        Ho, yalla yallo

Jamalagi tillo

Bozor boradi qizgina

Do‘ppi oladi qizgina

Nozu qarashma bilan

Do‘ppi kiyadi qizgina

Qo‘shiq Ustozim

Ushlab qo‘limdan

Ilm yo‘limdan

Boshlagan so‘zin

Mening ustozim

Onam kabi bosh

Mehri bir quyosh

Erkalar qizim

Mening ustozim

Harfu so‘zlarni

Nurli izlarni

Sevib bizlarni

Atagan qo‘zim

Mening ustozim

Egib oshimni

Tilab yoshini

Qilayin yoshini

Dono ustozim

Raqs: Yigitlar ijrosida

Keyin maqol, topishmoq va tez aytishlar aytiladi.

Alifbe:                 Barakalla donolarim

Ishlari zo‘r a’lolarim

Endi men ham yo‘l berayin

Shunday sovg‘a qilayin

(O‘qish, ona tili kitoblari kirib kaladi)

 

O‘qish:                Assalom bolajonlar

Ilmga chanqoq bolalar

Endi menga qo‘l bering

Bo‘ling zo‘r bilag‘onlar

Aytib turli rivoyat

So‘zlab meng  bir hikmat

Aqlingizni charxlayman

Ma’rifatga chorlayman

Ona tili:               Men ham sizga do‘st bo‘lay

Qolgan kamu ko‘st bo‘lay

Harf, tovush, unli undosh

Barin puxta o‘rgatay

Husnixat, bayon, insho

Menla  bo‘lsangiz oshno

O‘rgataman yurakdan

Do‘st bo‘laman doimo

1-Boshlovchi:               Azizlar mana farzandlaringizning sizga atagan sovg‘alari ham nihoyasiga yetib qoldi.

2-Boshlovchi:               Biz  bolajonlarga ularning ustozlariga rahmatu tashakkurlar aytib qolamiz

 

 

Bobolarday oqil bo‘lishga

Yurtboshimday yurtni sevishga

3.Vatanimni ko‘zday saqlashga

Xalq ishonchin dildak oqlashga

5.Ustozlar o‘gitin dildan oqlashga

6.Yaxshi yomon ishni bilishga

7.Ona yurtga kerak bo‘lishga

8.Doim ulug‘ ishlar qilishga

Onam sutin dildan oqlashga

Kerak bo‘lsa jonim berishga

Hamma:                       Qasamyod qilamiz

Qasamyod qilamiz

Qasamyod qilamiz

O‘qituvchi so‘zi bilan yakunlanadi.

Darsliklar
Alifbe bayramlari