Alifbe bayrami ssenariysi to’liq malumot oling
Alifbe bayrami ssenariysi
Mundarija
скрыть
ALIFBE BAYRAMI SSENARIYSI
Zal bayramona bazatilgan
(kuy yangraydi)
1 – boshlavchi: So’zimiz boshi salom
Ish boshidir intizom
Mehmonlarga chin dildan
Deymiz salom assalom.
2 – boshlavchi: Assalom otajonlar
Assalom onajonlar
Salomini yo’llaydi
Sizlarga bolajonlar.
1 – boshlavchi: Bugun bizning maktabda
Juda katta tantana
Bilimini namoyish
Qiladi har bir bola
2– boshlavchi: Ustozlarning o’gitin
Dilimizga joylaylik
Dilda xayajon bilan
Bayramimiz boshladik
Sahnada chiroyli kiyingan o’quvchilar chiqib kelishadi. O’quvchilar chiqib kelayotgan joyda “Bilimlar mamlakati” deb yozib qoyilgan bo’ladi.
1 – boshlavchi: — Salom bolalar!
Bolalar: — Assalomu alaykum!
Xush kelibsiz mehmonlar!
1 – boshlavchi: (bolalarga qarata)
Mustaqil yurtimizning
Kelajagi bolalar
Ona Vatan bag’rida
Baxtin topgan bolalar.
2 – boshlavchi: Ona yerda muhabbat
Yosh avlodning dilida
Madhiyamiz yangraydi
Bolalarning tilida
(Bolalar ho’r bo’lib madhiya aytadilar)
1 – boshlavchi: Bu bolalar 4 oy muqaddam maktabda birinchi martda qadam bosib kelgan edilar. Bugun bilimlar mamlakatida sayr qilib yurishibdi.
2 – boshlavchi: “Bilimlar mamlakati” da bemalol yurish uchun harf tanimoq, o’qish – yozishni bilish zarur. Qani, ko’raylikchi bolalar harflarni tanisharmikan?
O’quvchi: — “Bilimlar mamlakati”
Boshlanar alifbodan
O’ttizta do’stimiz bor
Bizalrning alifbodan
Alifboni o’rgangan
Bolalar jim turmaydi
Harflar tilga kirib
Odamlarday so’zlaydi
A |
A dan boshlab alifbo Bo’ling der doim a’lo Unlidirman unutmang Bo’lingiz doim dono. |
B |
Bolalarga bosh bo’larSizlarga sirdosh bo’larBahrom, Barno, BotirniYozganda yo’ldosh bo’lar |
D |
D man davrada doimDono bo’ling iloyimDavron, Dilshod, DilafruzDostdir hamisha hamro’z. |
E |
E demang meni ko’ribEhtiyot bo’ling kulibEkranda Erkin akamErtak so’zlar chinakam. |
F |
F harfiman men o’zimFahmlang har bir so’zimFarida, Furqat, FarhodMendan bishlanar faqat |
G |
G ga quloq tutingizGulzorlarga o’tingizGul ushladim qo’limga.Gilam to’shang yo’limda. |
H |
H man hayron bo’lmaglarYo’lni to’sib turmanglarHandalak bor qo’limdaHamrph bo’ling yo’limda. |
I |
I harfini bilingizIshda ilg’or bo’lingizIroda, Izzat, IkromIstagi o’qish tamom. |
J |
J harfini bilasizNega jahl qilasiz?Jamila, Jasur, JavlonJo’jani quvdi chunon. |
K |
K dan koptok yozamizKatta bo’lsak o’zamizKattani aylang hurmatKeladi baxt – saodat. |
L |
L dan lola yozamizLimuzinda o’zamizLatif, Laylo, LatofatLoqaydlikka yo’q toqat. |
M |
M dan yozilar maktabMening do’stimdir kitobMurod, Maqsud, Mo’tabarMadina maktub yozar. |
N |
N harfini bilamizN siz nima qilamiz?Noz – ne’mat non bo’ldiOchil dasturxon bo’ldi. |
O |
O oyga o’xshar ekanOsmonda uchar ekanObid, Olim, OzodaOstonang bo’lsin toza |
P |
P harfiman bilingizKuzda paxta teringizPo’lat, Parfi, PokizaPaxta teringiz toza. |
Q |
Q dan qayiq yozamizQayerlarga suzamizQishda qarg’a uchadiQarang, qorni quchadi. |
R |
R ga ruxsat beramizRasm so’zin yozamizRa’no, Rahim, RuhsoraDono, aqlli bola. |
S |
S man soatga boqingSo’zining mag’zin chaqingSobir, Said, SurayyoSo’zdan adashmang aslo. |
T |
T man tanib olursizTo’maris deb yozursizToshkent ona shahrimdirT harfidan yozgumdir. |
U |
U man uchrab ko’p so’zdaSizga tanish bo’lamanUzum, ummon, UmidaSo’zlarini yozaman. |
V |
Men V durman bilursizVarrak so’zin yozursizVasila, Vohid, VailYozing kelganda gali. |
X |
Qattiq X derlar meniYozgum taxta, paxtaniXo’roz, xona, xola hamMen bilan bo’ladi jam. |
Y |
Y man balki bilursizYo tanimay qolursizYo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut debMendan boshlab yozursiz. |
Z |
Z deydilar otimniBilasizmi zotimniZuhra, Zahro, ZokirjonMendan boshlanur chunon |
O’ |
O’ deydilar har zamonO’tir, o’rtoq bo’lamanO’zbekiston so’ziniFaxr bilan yozaman. |
G’ |
G’ harfini tanirsizG’ayrat bilan o’qirsizG’ani, G’ulom, G’afurningG’amini yo’qotursiz. |
Sh |
Sh harfiman bilasizShoshib – shoshib kelasizShokir, Shahzod, ShadmonniShogirtlikka olasiz. |
Ch |
Ch man tanib olingizCharchoq bilmay qolingizChollarni chaman qilibChaqqon – chaqqon bo’lingiz. |
Ng |
Ng bordir singildaYoki biror ko’ngildaTongda dengizda suzdimDaladan bordring uzdim. |
‘ |
Tutuq qo’yib yozamanUnlini sal cho’zamanRa’no, ma’no, a’lodirYaxshi bola donodir. |
Bir qizcha chiqadi:
Mana bizni bildingiz,
So’zga quloq soldingiz.
Bolalar bizni bilar,
Bilganning baxti kular.
Bizni derlar alifbo
O’ttiz harf erur jo.
Bolalarga do’st bo’ldik
Yayrab o’ynadik – kuldik.
Alifbodan harflarni Oldimizda saf tortishdi
Biz or’gandik oz – ozdan, Askarlarday harflar
Minnatdormiz o’rgatuvchi Barchasiga qo’shiqlarda
Muallimdan – ustozdan Berib o’tdik ta’riflar
Har bir harf daftarlarda Tilimizni sayratadi
Gijinglaydi toy bo’lib Alifbomiz bayrami
Yozganimiz ko’rinadi Dilimizni yayratadi
Yulduz bo’lib, oy bo’lib Bayramlarning hurami
(Sho’x kuy – qo’shiq ijro etiladi. Raqs ijro etish mumkin). Marvarid: (Yangi yil haqidagi fikrlar shu yerda kiritiladi).
1 – boshlavchi: Barakalla, bolalar biz ko’rdikki, alifbodagi hamma harflarni tanib olibsiz.
2 – boshlavchi: — Lekin shu harflarni qo’shib so’zlar ham yoza olasmi?
1 qizcha chiqadi: — Albatta, biz harflarni qo’shib o’zimiz uchun sevimli bo’lgan. Vatan, ota, ona, uztoz, yurtboshi kabi so’zlarni hech qiynalmay yoza olamiz. Marhamat hozir sizlar buning guvohi bo’lasiz.
Qoshiq.
1 – o’quvchi: Bizni bag’riga bosgan
Bolalar yayrab o’sgan
Yuksalaver yildan – yil
O’ZBEKISTON – JON VATAN
2 – o’quvchi: Farzandiga jon fido
Tinib – tinchimas also
Bardam salomat bo’ling
OTA – ONAM doimo.
3 – o’quvchi: Bilimlar mamlakatin
Makon aylagan bizda
Ta’zimu rahmat deymiz
Sizday aziz USTOZga.
4 –o’quvchi: Yosh avlodni o’ylagan
Baxtimizni so’ylagan
Sog’ omon bo’lsin boshi
Rahmat senga YURTBOSHI.
5– o’quvchi: Bilim olish yoqadi
Demaylik charchadik sal
Barcha undan olamiz
Ishoning doim 100 BALL.
6 – o’quvchi: Qo’limizda bor kitob
Yuzumiz qo’yo oftob
Bizni doim bezaydi
Go’zal xulq, yaxshi ODOB.
7 –o’quvchi: Bo’lsin doim osuda
Ona – zamin albatta
Osmon bo’lsin MUSAFFO
Biz sevgan ona yurtida.
8 – o’quvchi: Bizlar maktab qo’ynida
O’qib, olamiz bilim
Kelajakni bolaylik
Yurtga kerakli OLIM.
Raqs, qoshiq ijro etiladi.
Boshlovchilar chiqishadi.
1 – boshlavchi: Barakallo bolalar, juda ajoyib bolalar ekansizlar. Qizqa muddat ichida shuncha narsani bilib olibsizlar.
2 – boshlavchi: “Bilimlar mamlakati” sehrli o’lka. U yerda sayr qilgan kishi ko’p narsalarning guvohi bo’lishi mumkin. Siz ham bizga bu mamlakatda yana nimalrni aytib bersangiz.
1 qizcha: Biz u yerda buyuk allomalarimizni, olim, shoir, donishmang bobolarimizni turli ertak qahramonlarini uchratdik.
Assalomu alaykum, otajon.
Otasi: Vaaleykum assalom, Alisher. Ne ish bilan mashg’ulsen, toychog’im?
Alisher: — Albatta, otajon. Men kitobni o’qib, tuhsunib, yo’l oldim.
Otasi: — Toychpg’im, hali katta bo’lsang, ko’p kitob o’quran. Hozir o’rtoqlaring bilan o’ynagin. Men senga sovg’a kletirdim. (Qo’ynidan spool qo’chqorcha olib Alisherga beradi).
Alisher: (sovg’ani olib diqqat bilan tomosha qilib) – Rahmat otajon. O’rtoqlarim bilan o’ynaymiz.
Otasi: — O’yinchoq yoqdimi.
Alisher: — Juda chiroyli qo’chqor ekan. Buni yasash uchun kulol ancha mehnat sarflagani ko’rinib turibdi.
Otasi: — Toychog’im, bor o’rtoqlaring bilan o’ynagin.
Alisher: — Otajon, menga yana qiziq kitoblar keltirib bering. Men o’yinchoq o’ynashdan ko’ra kitob o’qishni yaxshi ko’raman.
Otasi: — Barakallo.Inshoolloh, bilimli, donishmand bola bo’lursiz. Men sizga yana kitoblar keltirurmen. Hozir esa o’yinchoq’ingni bolalarga ko’rsat.
Alisher: — Xo’p bo’ladi, otajon. (chiqadi)
Otasi: — Bu aqlu zakovati bilan Alisher olim yoki shoir bo’ladi, inshoolloh. Ilohi yomon ko’zdan yaratganning o`zi asrasin. (otasi chiqadi)
(Qo’shiq yoki raqs ijro etiladi).
1 – boshlavchi: — Bugun bizning “Bilimlar mamalakati” mizda bolalarning sevimli kitoblari bo’lgan “Alifbe”, “Oqish”, “Ona tili” kitoblari ham sayr qilib yurishgan ekan.
2 – boshlavchi: — Hozir ularni sahnada taklif etamiz va o’z tilaklarini aziz bolajonlarga bildirishlarini iltimos qilamiz. Marhamat, sahna sizga muntazir “Alifbe”kitobi (sahnaga chiqadi).
Alifbe kitobi: Bolajonlar, men sizga
Birinchi kitobdurman
Dilingizni yoritgan
Go’yoki oftobdurman.
Ko’rdim, bugun donosiz
Hammadan ham a’losiz
O’qish – yozishni bilgan
Aqlingiz ham rasosiz.
Endi boray dam olay
Sizga baxt – omad tilay
Ongingiz charxlash uchun
“O’qish” kitobin chorlay.
“O’qishni seving mendek
Chin yurakdan o’qingiz
Hikoya, ertaklarni
Mag’zin chaqib uqingiz.
Xayr, xayr bolalar
Meni sira unutmang
G’ayrat bilan o’qingiz
Nasihatim unutmang.
“Alifbe kitobi ketadi. Bolalar xayr – xayr deb qolishadi. “O’qish” kitobi so’z oladi.
“O’qish” kitobi: Salom yangi do’stlarim
Erka, qora ko’zlarim
Bugun sizga yurakdan
Atalgandir so’zlarim.
Meni “O’qish” deydilar
O’qib – uqish deydilar
Mendagi har mavzuni
Mag’zin chaqish deydilar.
Meni asta varaqlab
Mazza qilib o’qursiz
Ibrat olib so’zimdan
Xalqimizga yoqursiz
O’qing meni ardoqlab
Men, do’stingiz bo’laman
Qo’lim berib sizlarga
Yoningizda bo’laman
Ona tili kitobi: Menman “Ona tili”man
Elim dono tiliman
Onalar sof vijdoni
Otajonlar diliman.
O’qing meni varaqlab
Yurakdan hurmat saqlab
Ona tilim sehri
Ardoqlab, sevib, yoqlab.
Tilimiz xazinasin
Sizga asta ochgum bor
Ona tilim sehrini
Marjon kabi sochgum bor.
Matematika kitobi: “Matematika” o’zim
Quyoshday issiq yuzim.
Raqamlardan boshlanar,
Tinglasangiz gar so’zim.
O’nta raqam jo menda
Kerakdirman har yerda.
Aqlingizni charxlayman,
Har misol, har amalda.
21 – asr – Kibernetika asri
Bilimdon donolarga
Ochiqdir bilim qasri.
Men sizga do’st bo’laman,
Hamdam, ham do’st bo’laman.
Raqamlarni tanitib,
To’ri amalni bilaman.
Kuy – qo’shiq ijro etiladi. – Qo’shiq.
1 – boshlavchi: Bugungu tantanamiz sababchisi bo’lgan aziz bolajonlarimiz ko’rib ko’zimiz yashnaydi. Qanday dono, ziyrak o’quvchilar bo’libsizlar.
2 – boshlavchi: Bu bolalar “Bilimlar mamlakati”da sayr qilib yurganlari uchun ham shunday bilimdon bo’libdilar, menimcha.
1 – boshlavchi: “Bilimlar mamlakati” shu qadar mo’jizalarga boy – ku, ko’rgan kishi, u yerdan sira chiqib ketishini istamaydi.
2 – boshlavchi: — Bolajonlar, “Bilimlar mamlakati” da yana nimalarni uchratdingiz. Bizga so’zlab bering.
o’quvchi chiqadi: Biz u yerda sevimli shorimiz Erkin Vohidovni uchratdik. Bu yil ular o’zlarining —- yillik tavallud kunlarini nishonlar ekanlar. Ularning vatanimiz haqidagi “O’zbegim” sh’erlari bilan tanishdik. Hozir shu she’rdan bir parchani e’tiboringizga havola qilamiz.
O`ZBEGIM
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o’zbegim
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o’zbegim.
So’ylasin Afrosiyobu
So’ylasin O’rxun xati,
Ko’hna tarix shodasida
Bitta marjon, o’zbegim.
Al – Beruniy, Al – Xorazmiy,
Al – Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluq,
Balki Tarxon, o’zbegim.
Tuzdiyu Mirzo Ulug’bek
Ko’ragoniy jadvalin.
Sirli osmon toqiga ilk –
Qo’ydi Narvon o’zbegim.
Mir Alisher na’rasiga
Aks – sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo’ldi
Shoh – u sulton o’zbegim.
O’zbegim den keng jahonda
Ne uchun madh etmayin!
O’zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o’zbegim.
Qayga bormay boshga do’ppim,
Shuhratim, qadrim buyuk.
Olam uzra nomi ketgan
O’zbekiston, o’zbegim.
1 – boshlavchi: — Aziz bolajonlar! Sizga bilim berib, o’qish – yozishni o’rgatgan, chin yurakdan halol mehnat qilayotgan Aziz ustozimiz ……………………… opani chin dildan tabriklaymiz.
2 – boshlavchi: — Albatta, bugungi bayram, tantana shu aziz ustozimizning tinmay qilgan halol mehnatlari natijasidir.
(O’quvchilar chiqashadi).
Rahmat sizga uztozim
Bizni jondan sevdingiz
Ongimizni uyg’otib
Bilim – saboq berdingiz.
Bizni sevib onadek
Sira tinim bilmaysiz
Mehnatingiz sarf qilib
Doim bizni oylaysiz
Aziz ustoz biz uchun
Bo’ling doim salomat
Ta’zim sizga, hurmat sizga
Uztoz sizga ko’p rahmat.
(O’qituvchilarga gullar berishadi)
1 – boshlavchi: Hurmatli mehmonlar, bugungi bizning bayramimizga yana ko’plab mehmonlar tashrif buyurishdi. Bu mehmonlar bizga Uzoq Shimoldan kelishibdi. Hozir shu mehmonlarni davramizga taklif etamiz. Marhamat aziz mehmonlar.
(Qorbobo, qorqiz va ertak qahramonlari kirib kelishadi. Bolalar qarsaklar bilan mehmmonlarni kutib olishadi.)
2 – boshlavchi: Salom, aziz mehmonlar!
Sizdan yurak shodonlar
Qoshiqlar yangrayversin
Kuylar jaranglayversin.
Davramizga marhabo
Kelaversin Qorbobo.
Davrani qorbobo olib boradi.
O’qituvchi: — Aziz o’quvchilar. Mana siz qisqa muddat ichida o’qish – yozishni bilib oldingiz. Shu munosabat bilan sizga “Savodxonlik muborak” degim keladi.
Shirin — shaker bolajonlar,
Bog’imdagi gul rayxonlar,
Doim bo’ling siz shodonlar,
Savodxonlik muborak.
Ko’zingizda nur o’ynasin,
Sizni ko’rib dil yayrasin,
Tilar bulbuldek sayrasin,
Savodxonlik muborak!
Qo’lingizda bo’lsin kitob,
Chehrangiz go’yo oftob,
Qiling doim ezgu, savob
Savodxonlik muborak!
Bo’ling doim sog’ – salomat,
Dangasalik qilmang faqat,
Mashaqqatga qiling toqat,
Savodxonlik muborak!
O’qituvchi: — Hurmatli uztozlar, aziz ota – onalar, shirin bolajonlar! Shu bilan bugungi “Alifbe bayrami” miz o’z nihoyasiga yetdi. Sog’ – salomat bo’ling. Mehribon ota – onagizga, ona yurtimizga, jonajon xalqimizga xizmat qiladigan bilimdon, serqirra, fidoiy farzandlar bo’lib yetishing. Bilimlarni chuqur egallang. O’z Vatanini chin dildan sevgan vatanparvarlar bo’lib yetishing.
Darsliklar
Alifbe bayrami ssenariysi