ALI POSHO TEPELENA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALI POSHO TEPELENA haqida malumot bilib oling.

ALI POSHO TEPELENA, Ali Posho Yanina (taxm. 1744—1822.5.2) — Tepelena (jan. Albaniya) dan chiqqan alban mulkdori. Bolqon ya. o. ning katta qismiga hokimlik qilgan. Usmonli turk saltanatida markaziy hokimiyatning zaiflashganidan foydalanib, 1787-y. Yanina sh. ni (Shim. Gretsiyada) egallagan, soʻng Albaniya va Gretsiyaning 1,5 mln. kishi yashaydigan katta qismini ham oʻziga tobe etgan (1812). Oʻzining shaxsiy qoʻshini va floti boʻlib, xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatgan. Ali Posho Tepelena mulklarida oʻzaro nizolar barham topgan, savdo yoʻllari bexavotir boʻlgan. 1820-y. iyulda Turkiya sultoni Mahmud II A. P. T. ga qarshi urush ochgan va ushbu urush jarayonida Ali Posho Tepelena maglubiyatga uchrab, halok boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
ALI POSHO TEPELENA