ALI AVLODLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALI AVLODLARI haqida malumot bilib oling.

ALI AVLODLARIAli va uning xotini — Fotima (Muhammad paygʻambarning qizi)dan tarqalgan avlodlar. Oʻrta asr musulmon mamlakatlaridagi ayrim sulolalar — idrisiylar, fotimiylar, zaydiylar ulardan boshlangan. Marokashdagi alaviylar sulolasi oʻzini Ali avlodlari deb hisoblaydi. Ali avlodlari hoz. vaqtda barcha musulmon mamlakatlarida mavjud. Ali jami 28 farzand koʻrgan, shulardan 11 nafari oʻgʻil, 17 nafari qiz edi. Fotimadan tarqalgan Ali avlodlari «sayidlar», oʻzbeklar orasida «toʻralar» deb ataladi. Alining boshqa xotinlaridan tarqalgan avlodlari «xoʻjalar»ga kiradi.

Ensiklopediya.uz
ALI AVLODLARI