ALGORITM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALGORITM haqida malumot bilib oling.

ALGORITM, algorifm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va mat. ning asosiy tushunchalaridan biri. Oʻrta asrlarda sanoqning oʻnli tizimi boʻyicha toʻrt arifmetik amal bajariladigan qoidani Algoritm deb atashgan. «Bu qoidalarni mat. ga 9-a. da al-Xorazmiy kiritgan. Yevropada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida «algorizm» deyilgan), keyinchalik «algoritm»ga aylangan» (akad. Algoritm Kolmogorov). Fanda «Yevklid algoritmi», «Gʻiyosiddin Koshiy algoritmi», «Laurye algoritmi», «Markov algoritmi» deb ataluvchi Algoritmlar maʼlum. Algoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan Algoritmlar nazariyasi paydo boʻldi. OʻzR da bir necha i. t. muassasalari va hisoblash markazlarida Algoritmdan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Mas, Oʻzbekiston FA «Kibernetika» ilmiy i. ch. birlashmasida, Oʻzbekistondagi barcha un-tlarda, Toshkent davlat texnika unversitetida, OʻzR Makroiqgisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va b. muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol boʻla oladi.

Ensiklopediya.uz
ALGORITM