
ALEKSEY MIXAYLOVICH haqida malumot bilib oling.
ALEKSEY MIXAYLOVICH (1629.19.3-1676.29.1) — Rus podshosi (1645—76), Romanovlar sulolasining ikkinchi vakili, podsho Mixail Fyodorovich Romanovning oʻgʻli. Aleksey Mixaylovich davrida Ukraina Rossiyaga qayta qoʻshildi, rus cherkovida ajralish sodir boʻlgan. Aleksey Mixaylovich davrida ruslar Turkistonni bosib olishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida aygʻoqchilar yubora boshlagan. Xususan B. A. va S. I. Pazuxinlar boshchiligidagi «elchilar» 1669—72 y. larda Buxoro, Balx va Urganchga kelgan. Ular Xiva va Buxoro xonligining ichki va tashki siyosati haqida juda kup maʼlumotlarni olib ketganlar.
Ensiklopediya.uz
ALEKSEY MIXAYLOVICH