
ALEKSANDROV Pavel Sergeyevich haqida malumot bilib oling.
ALEKSANDROV Pavel Sergeyevich (1896.25.4, Noginsk – 1982.17.12, Moskva) — rus matematigi. Akad. (1953). Topologiyadan ilmiy maktab asoschisi. 1921-y. dan Moskva unversitetida ishlagan. Moskva Mat. jamiyati prezidenti (1932—64), 1964-y. dan shu jamiyat faxriy prezidenti. Asosiy ilmiy ishlari topologiyaga va haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasiga bagʻishlangan. Bikompakt fazolar nazariyasini yaratgan, qator «ikkilamchilik qonunlari»ni isbot qilgan va h. k. Umumiy topologiyaning bir qancha tushuncha va teoremalari Aleksandrov nomi bilan yuritiladi. AQSH Milliy FA aʼzosi (1947).
Ensiklopediya.uz
ALEKSANDROV Pavel Sergeyevich