ALEKSANDROPOL QOʻRGʻONI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALEKSANDROPOL QOʻRGʻONI haqida malumot bilib oling.

ALEKSANDROPOL QOʻRGʻONI — skiflarning «podsho» qoʻrgʻonlaridan biri (mil. av. 3-a.). Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatining Nikopol sh. yaqinida. A. Tereshchenko (1852—54) va A. Ye. Lyutsenko (1855—56) tomonidan tekshirilgan. Aslzodalarning ikki kamerakatakombalardagi qabrlari qadim zamonlardayoq talon-taroj qilingan. Saqlanib qolgan ashyolar: tepalikdan jang aravasi qoldigʻi, markaziy kamera yaqinidan ot qabri, qandaydir inson (ehtimol xizmatkor) skeleti va oʻsha kameraning yoʻlagidan 14 ot skeleti topilgan. Otlar yonidan skif va skif-yunon sanʼati namunalari — oltin, ku-mush bezakli yuganlar va egar topilgan.

Ensiklopediya.uz
ALEKSANDROPOL QOʻRGʻONI