ALEKSANDRIYA URUSHI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALEKSANDRIYA URUSHI haqida malumot bilib oling.

ALEKSANDRIYA URUSHI (mil av. 48-47) — Yuliy Sezar qoʻmondonligi ostidagi Rim legionlarinining Misr davlati bilan urushi. Jang harakatlari asosan Aleksandriya sh. atrofida sodir boʻlgan. Pompei ketidan Misrga kelgan Sezar Kleopatra va uning ukasi Ptolemey Dionis oʻrtasidagi sulolaviy kurashga aralashib, Kleopatraga yordam bergan. Nil boʻyidagi jangda (48 y.) rimliklar gʻalaba qozonganlar. Kleopatra Misr taxtini egallagan. Aleksandriya urushi Misrni Rimga tobe etish uchun kurashda muhim bosqich boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
ALEKSANDRIYA URUSHI