ALEKSANDRIYA MUSKATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALEKSANDRIYA MUSKATI haqida malumot bilib oling.

ALEKSANDRIYA MUSKATI — xuraki, urtapishar mayizbop va vinobop uzum navi. Vatani Arabiston ya. o. Oʻzbekistonda r-nlashtirilgan. Qrimda va Gruziyada keng tarqalgan. Tupi kuchli oʻsadi, bargi oʻrtacha, besh boʻlakli, cheti arra tishli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (buyi 22 sm, eni 12 sm), silindrsimon, ogirligi 280 g gacha. Gʻujumi urtacha, dumaloq yoki bir oz choʻziq, sargʻish-yashil, xushboʻy, tarkibida 24—26% kand bor. Faol harorat yigindisi 2800°—2900° boʻlganda 140 — 150 kunda (sent. oxirlarida) pishadi. Hosildorligi 150—180 s/ ga. Dogʻli antraknozta, sovuqqa chidamsiz. Toshkent, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda oʻstiriladi.

Ensiklopediya.uz
ALEKSANDRIYA MUSKATI