
ALEKSANDRIYA (ISKANDARIYA) MUSEYONI haqida malumot bilib oling.
ALEKSANDRIYA (ISKANDARIYA) MUSEYONI (yun. museyon — muzalar ibodatxonasi) — Aleksandriya sh. dagi qad. ilmiy, adabiy va oliy taʼlim muassasasi. Mil. av. 3-a. da podsho Ptolemey I asos solgan. Uni oliy darajadagi kohin boshqargan. Ptolemeylar museyonga barcha ellinistik mamlakatlardan olim va yozuvchilar (mas, Evklid, Eratosfen, Kallimax va b.)ni taklif qilgan. Museyon qoshida kutubxona boʻlgan (q. Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasi). Kutubxonaga podsho tomonidan tayinlagan olim mudirlik flgan. Mil. av. 48 y. Aleksandriya urushi vaqtida museyonning bir qismi yonib ketgan. Rim imperiyasi davrida museyon asta-sekin oʻz mavqeini yoʻqota boshlagan. 273-y. esa imperator Avrelian qoʻshinlari Aleksandriyani bosib olish chogʻida museyon va kutubxonani vayron qilib, oʻt qoʻyib yuborganlar.
Ensiklopediya.uz
ALEKSANDRIYA (ISKANDARIYA) MUSEYONI