Aleksandr Makedonskiy

Aleksandr Makedonskiy

Aleksandr Makedonskiy

Mundarija скрыть
Aleksandr Makedonskiy
DO`STLARGA ULASHING:
Aniqrog`i, bu chivin o`zi bilan o`ta yuqumli va og`ir kasallik – g`arbiy Nil bezgagi virusini olib kelgan va bu hastalik yengilmas sarkardani hayotdan olib ketgan ekan. Amerikalik tadqiqotchilar — Virjiniya shtati sog`­liqni saqlash departamenti epidemiologi Jon Marr va Kolorado shtati universitetining yuqumli kasalliklar bo`yicha mutahassisi Charlz Kelisher shunga qattiq ishonishmoqda. Ular bu farazlarini yuqumli kasalliklarga bag`ishlangan «Emerging Infectious Disaeses» axborotnomasi sahifalarida ilmiy jihatdan asoslab berishgan. Mayli, bu masalaga hali qaytamiz, hozircha esa imperiyaning tanazzuliga sabab bo`lgan o`sha o`lim tafsilotlariga to`htalsak. O`shandan beri o`tgan deyarli ikki yarim ming yillik muddat ichida buyuk sarkarda to`g`risida yuzlab, hatto ming­lab kitoblar yozilgan. Bu masalaga bag`ishlangan barcha jiddiy tadqiqotlar antik davr tarixchilarining yozib qoldirgan asarlariga suyanib olib borilgan. O`sha qadimiy tarixchilar esa Aleksandr saroyi kundaliklaridan va uning lashkarboshilari kitoblaridan foydalanish huquqi va imkoniyatiga ega edilar. Ammo bu ko`hna kundalik va solnomalar — ilk manbalar bizgacha yetib kelmagan. Mazkur tarixnavislar — birinchi nav­batda quyidagilar edi: Kvint Enniy Flaviy Arrian (taxminan eramizning 95-175-yillarida yashagan), Plutarx (taxminan 45-127-yillar) va Diodor Sitsiliyskiy (taxminan eramizdan avvalgi 90-21-yillar). Ularning uchalasi ham Afina hokimi Gegesiy tomonidan uyushtirilgan 114-olimpiada o`yinlari davrida — Desiy oyida bo`lib o`tgan voqealarni deyarli bir hil tarzda tasvirlashgan. Bu ko`rsatilgan vaqt hozirgi hisob bo`yicha eramizdan avvalgi 323-yil may oyining oxirlari, iyunning boshlariga to`g`ri kelib, o`shanda kasallik mag`lubiyat nimaligini bilmas Aleksandrning hayotini ikki haftadayoq poyoniga yetkazib qo`ygan edi. Bezgak umuman kutilmaganda boshlandi: bu paytda Bobilda shohona ziyofat avjida bo`lib, bir necha kundan so`ng Iskandarning qo`shini Arabiston orqali g`arbga yurish boshlashi rejalashtirilgandi. Shu maqsadda O`rta Yer dengizi sohillaridagi provinsiyalarda son-sanoqsiz kemalar Italiya, Sitsiliya, Iberiya va Afrikani zabt etish uchun jangovar safarga tayyorlab quyilgandi. Bobilda joylashgan flot esa Afrikani janubdan aylanib o`tib, Gerkules ustunlari orqali O`rta Yer dengiziga kirib kelib, Karfagenga G`arbdan hujum qilishi kerak edi. Ko`hna tarix bunchalik katta harbiy amaliyotga guvoh bo`lmagan; zamonamizning yirik tarixchilaridan ser Arnold Toynbi o`zining «Agar o`shanda Aleksandr o`lmaganida edi…» deb nomlanuvchi hikoyasida shunga ishonch hosil qiladiki, O`rta Yer dengizi havzalarini zabt etib bo`lgach, u Hindiston fathini ham tugatib, o`z imperiyasiga Xitoyni ham qo`shib olgan bo`lardi. Axir, o`shanda u hali 32 yoshu 8 oylik edi-da. Hullasi kalom, holdan toydiruvchi bezgakning birinchi hurujidan keyin navbatdagilari bostirib kela boshladi. «Kasallik zo`raydi; tabiblarni chaqirishdi, lekin hech kim hech bir vosita bilan yordam bera olmadi», deya yozadi Diodor. G`arbiy safar buyrug`i bekor qilindi. «U sarkardalarini tanirdi, ammo ularga hech narsa deyolmasdi; allaqachon uning ovozi chiqmay qolgandi», deya ta`kidlaydi Arrian. «Dastlab, uning zaharlanganiga hech kim shubha qilmagandi», deya guvohlik beradi Plutarx.
Aleksandrni tekshirgan tabiblarning barchasi o`sha paytda unga faqat bezgak tashxisini qo`ya olishgan. Yarim olam hukmdori bo`lmish bu jahongirning ichadigan sharobiga ziyofatda zahar qo`shib berilganligi, bu ishga go`yoki uning ustozi Aristotel (Arastu) ham aralashganligi haqidagi gap-so`zlar esa oradan olti yil o`tgachgina paydo bo`lgan. Bu «mish-mish»lar tufayli ko`pchilikni qatl etishgan (faylasuf Arastu shogirdi o`limidan bir yil o`tib vafot etgandi). Zaharlanish to`g`risida yozarkan, Arrian shunday deydi: «Men bularni bilganim uchungina yozyapman, bu xabarga ishonganim uchun emas». Plutarx ham bunga ishora qilgan: «Zaharlash voqeasini ko`pchilik uydirma deb hisoblaydi». Zaharlarning ayrim turlarigina tana haroratining oshishiga sabab bo`ladi, uzoq muddatli bezgak keltiruvchi zaharlar esa o`sha paytlarda malum bo`lmagan, deya izoh berishadi Marr va Kelisher yuqumli kasaliklar axborotnomasida. O`sha paytdagi manbalarda Aleksandrning ko`zi haqida yozib qoldirilgan ma`lumotlarga tayangan keyingi ajrim mutahassislar uning tif (ichterlama)ga chalinganligini taxmin qilishadi, biroq, tadqiqotchilarning ko`rsatishlaricha, bu kasallik o`ta yuqumli; uning Bobilda keng tarqalganligi haqida saroy yilnomachilari hech nima yozib qoldirmaganlar. Marr va Kelisher shunga asoslanib, gripp, malyariya, tsistosomatoz, tulyaremiya, ensefalit, endokardit kabi bir qator kasalliklar to`g`risida gap ham bo`lishi mumkin emasligini keltirishadi. Shu paytgacha avvalgi tadqiqotchilarning e`tiboridan chetda qolib kelayotgan Plutarxning quyidagi qaydlari yangi versiya mualliflarining diqqatini o`ziga jalb etdi: «Shaharning (Bobilning) darvozasi oldiga kelib, u qarg`alar to`dasini ko`rdi; ular har tomonga uchishar va bir-birlarini cho`qishardi. Bir nechta qush uning yoniga tushdi». Aynan mana shu ikki jumla tufayli tadqiqotchilar g`arbiy Nil bezgagi haqida o`ylab qolishdi. Chunki bu yuqumli kasallik nafaqat insonlarga, balki qushlar, ayniqsa, qarg`alar to`dasiga ham hujum qiladi. Tibbiyotchilar o`z taxminlarini GIDEON (GIDEON — umumjahon yuqumli kasalliklar va diagnostika tarmog`i) nomli elektron tashxis dasturida tekshirib ko`rishdi. «Biz Aleksandrdagi barcha simptomlarni kiritib, qushlar to`g`risidagi ma`lumotlarni ham qo`shganimizda javob yuz foiz g`arbiy Nil bezgagi kasalligini tasdiqladi», — deydi Kelisher «Nature» jurnaliga bergan intervyusida. Bungacha Aleksandr o`limini tekshirgan olimlarning bu kasallikni aniqlay olmaganlarining sababi oddiy: g`arbiy Nil bezgagi kasalligini 1999-yilda, tasodifan AQSh hududlariga kelib qolgandan keyingina jahonga ma`lum bo`lgan. O`tgan yilning o`zida bu kasallik virusi 240 nafar amerikalikni hayotdan olib ketdi, bu bezgakka chalinganlar soni esa, mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, 9000 nafarga yaqinlashadi. Mazkur kasallik Osiyo va Afrikaning ko`plab mamlakatlarida avvaldan tarqalib turgan, biroq 1937-yilga kelibgina Ugandada uning tavsifi ishlab chіqilgan. Iroqdagi chivinlarning uch turi ushbu virus tashuvchilari hisoblanadi. Bu kasallik uch kundan to uch haftagacha davom etishi mumkin, uning inkubatsion davri ham huddi shunday. Darvoqe, Arrian bergan ma`lumotga ko`ra, Midiyadan Bobilga qaytgan Aleksandr ko`llarda «kemani o`zi boshqargan holda» suzgan. Mazkur ko`llar atrofidagi botqoqliklar esa virus tashuvchi chivinlarning ko`payish joyi hisoblanadi. Bezgak odatda faqat organizmi nimjonlanib qolgan kishilarnigina o`limga olib kelishi mumkin. Ammo ilgari ham ichishni kanda qilmay kelayotgan yosh podsho o`z umrining ke­yingi oylarida sharob ichishda meyordan umuman chiqib ketgandi; muntazam sharobxo`rlik esa nafaіat jangu jadallarda charchagan, balki odatiy yumushlar bilan band bo`lgan kishining ham badanini toliqtirib qo`yadi. Albatta, boshqalarning so`ziga ishongan holda aniq tashxis qo`yish unchalik to`g`ri emas. «Ammo Marr va Kelisherning taxminlari juda mantiqli va ishonarli ko`rinadi», deydi Rod-Aylend universiteti epidemiologi Tomas Meyter «Nature» muxbiriga. Shohning o`limidan so`ng uning sakkiz nafar qo`mondoni (diadohlari) imperiyani o`zaro taqsimlab olishdi. Aleksandr o`zini Misrning Siva vohasidagi iloh Amona-Ra ehromiga dafn etishlarini hohlagandi. Ammo Misrga ega chiqqan Ptolemey o`z poytaxti Aleksandriyada unga mavzoley qurdirdi. Maqbara mazkur shaharga asos solgan, ma`budlar bilan teng tutilgan hukmdorga munosib tarzda qoyilmaqom qilib qurilgan. Keyinchalik ziyorat qilgan Yuliy Sezar bu maqbaraga qimmatbaho tuhfalar baxsh etgan. Imperator Avgust esa Aleksandr­ning boshiga tilla gulchambar qo`ydirgan. Imperator Kaligula bo`lsa, aksincha, podshoning ko`krak bezagini o`zlashtirib olib, tantanali marosimlarda uni taqib yurgan. Bu maqbaraga Rim imperatorlaridan so`nggi bora eramizning 215-yilida Karakalla tashrif buyurib, o`zining shohona to`ni va qimmatbaho bezaklarini hadya etgan. Shundan keyin bu maqbara to`g`risida ishonarli ma`lumot uchramaydi. 392-yilda Vizantiya imperiyasida xris­tianlik davlat dini darajasiga ko`tarilgach, Aleksandriyada ham eski dinlarga mansub ibodatxona va me`moriy yodgorliklar yo`q qilina boshladi. Ko`pchilik tarixchilarning fikriga ko`ra, 397-yilda Aleksandrning maqbarasi ham buzib tashlangan, biroq bu faktni tasdiqlovchi hujjatlar yo`q. Afsonalardan birida aytilishicha, Makedonskiyning mumiyolangan jasadi solingan tobut Aleksandriyadan mahfiy olib ketilib, yashirib qo`yilgan. Uni qidirish ishlari esa asrlardan beri davom etmoqda. O`tgan asrning o`zida uning qabrini topish uchun rasmiy tarzda 150 ga yaqin ilmiy ekspeditsiya tashkil etilgan. 1805-yildan beri yetti bora, jumladan, 1990-yillarda ham ikki marta uning topilganligi e`lon qilindi. Ammo Aleksandrning tobuti hozirgacha topilgan emas.

DO`STLARGA ULASHING:

Eramizdan avvalgi 323-yil 10-iyun kuni Vavilon (Bobil) shahrida, o`ttiz uch yoshga ham to`lmay olamdan o`tgan sarkarda — Aleksandr Makedonskiy (Sharq manbaalarida Iskandar Zulqarnayn)ning vafoti sabablari manbalarda turlicha ko`rsatib kelinadi.Amerikaning «Diskaveri» telekompaniyasi esa yaqinda bu boradagi yangi bir farazni o`rtaga tashladi. Hindistondan to Liviya va Bolіongacha ulkan hududlarga cho`zilgan imperiya asoschisi, qadimdanoq “Buyuk” sifatiga noil bo`lgan podsho, shuxratiga Yuliy Sezar havas qilgan bu qo`mondon kelib-kelib… chivin chaqishidan o`lgan ekan!
o o
Aniqrog`i, bu chivin o`zi bilan o`ta yuqumli va og`ir kasallik – g`arbiy Nil bezgagi virusini olib kelgan va bu hastalik yengilmas sarkardani hayotdan olib ketgan ekan. Amerikalik tadqiqotchilar — Virjiniya shtati sog`­liqni saqlash departamenti epidemiologi Jon Marr va Kolorado shtati universitetining yuqumli kasalliklar bo`yicha mutahassisi Charlz Kelisher shunga qattiq ishonishmoqda. Ular bu farazlarini yuqumli kasalliklarga bag`ishlangan «Emerging Infectious Disaeses» axborotnomasi sahifalarida ilmiy jihatdan asoslab berishgan. Mayli, bu masalaga hali qaytamiz, hozircha esa imperiyaning tanazzuliga sabab bo`lgan o`sha o`lim tafsilotlariga to`htalsak.
O`shandan beri o`tgan deyarli ikki yarim ming yillik muddat ichida buyuk sarkarda to`g`risida yuzlab, hatto ming­lab kitoblar yozilgan. Bu masalaga bag`ishlangan barcha jiddiy tadqiqotlar antik davr tarixchilarining yozib qoldirgan asarlariga suyanib olib borilgan. O`sha qadimiy tarixchilar esa Aleksandr saroyi kundaliklaridan va uning lashkarboshilari kitoblaridan foydalanish huquqi va imkoniyatiga ega edilar. Ammo bu ko`hna kundalik va solnomalar — ilk manbalar bizgacha yetib kelmagan. Mazkur tarixnavislar — birinchi nav­batda quyidagilar edi: Kvint Enniy Flaviy Arrian (taxminan eramizning 95-175-yillarida yashagan), Plutarx (taxminan 45-127-yillar) va Diodor Sitsiliyskiy (taxminan eramizdan avvalgi 90-21-yillar). Ularning uchalasi ham Afina hokimi Gegesiy tomonidan uyushtirilgan 114-olimpiada o`yinlari davrida — Desiy oyida bo`lib o`tgan voqealarni deyarli bir hil tarzda tasvirlashgan. Bu ko`rsatilgan vaqt hozirgi hisob bo`yicha eramizdan avvalgi 323-yil may oyining oxirlari, iyunning boshlariga to`g`ri kelib, o`shanda kasallik mag`lubiyat nimaligini bilmas Aleksandrning hayotini ikki haftadayoq poyoniga yetkazib qo`ygan edi.
Bezgak umuman kutilmaganda boshlandi: bu paytda Bobilda shohona ziyofat avjida bo`lib, bir necha kundan so`ng Iskandarning qo`shini Arabiston orqali g`arbga yurish boshlashi rejalashtirilgandi. Shu maqsadda O`rta Yer dengizi sohillaridagi provinsiyalarda son-sanoqsiz kemalar Italiya, Sitsiliya, Iberiya va Afrikani zabt etish uchun jangovar safarga tayyorlab quyilgandi. Bobilda joylashgan flot esa Afrikani janubdan aylanib o`tib, Gerkules ustunlari orqali O`rta Yer dengiziga kirib kelib, Karfagenga G`arbdan hujum qilishi kerak edi.  Ko`hna tarix bunchalik katta harbiy amaliyotga guvoh bo`lmagan; zamonamizning yirik tarixchilaridan ser Arnold Toynbi o`zining «Agar o`shanda Aleksandr o`lmaganida edi…» deb nomlanuvchi hikoyasida shunga ishonch hosil qiladiki, O`rta Yer dengizi havzalarini zabt etib bo`lgach, u Hindiston fathini ham tugatib, o`z imperiyasiga Xitoyni ham qo`shib olgan bo`lardi. Axir, o`shanda u hali 32 yoshu  8 oylik edi-da.
Hullasi kalom, holdan toydiruvchi bezgakning birinchi hurujidan keyin navbatdagilari bostirib kela boshladi. «Kasallik zo`raydi; tabiblarni chaqirishdi, lekin hech kim hech bir vosita bilan yordam bera olmadi», deya yozadi Diodor. G`arbiy safar buyrug`i bekor qilindi. «U sarkardalarini tanirdi, ammo ularga hech narsa deyolmasdi; allaqachon uning ovozi chiqmay qolgandi», deya ta`kidlaydi Arrian. «Dastlab, uning zaharlanganiga hech kim shubha qilmagandi», deya guvohlik beradi Plutarx.
Aleksandrni tekshirgan tabiblarning barchasi o`sha paytda unga faqat bezgak tashxisini qo`ya olishgan. Yarim olam hukmdori bo`lmish bu jahongirning ichadigan sharobiga ziyofatda zahar qo`shib berilganligi, bu ishga go`yoki uning ustozi Aristotel (Arastu) ham aralashganligi haqidagi gap-so`zlar esa oradan olti yil o`tgachgina paydo bo`lgan. Bu «mish-mish»lar tufayli ko`pchilikni qatl etishgan (faylasuf Arastu shogirdi o`limidan bir yil o`tib vafot etgandi). Zaharlanish to`g`risida yozarkan, Arrian shunday deydi: «Men bularni bilganim uchungina yozyapman, bu xabarga ishonganim uchun emas». Plutarx ham bunga ishora qilgan: «Zaharlash voqeasini ko`pchilik uydirma deb hisoblaydi». Zaharlarning ayrim turlarigina tana haroratining oshishiga sabab bo`ladi, uzoq muddatli bezgak keltiruvchi zaharlar esa o`sha paytlarda malum bo`lmagan, deya izoh berishadi Marr va Kelisher yuqumli kasaliklar axborotnomasida.
O`sha paytdagi manbalarda Aleksandrning ko`zi haqida yozib qoldirilgan ma`lumotlarga tayangan keyingi ajrim mutahassislar uning tif (ichterlama)ga chalinganligini taxmin qilishadi, biroq, tadqiqotchilarning ko`rsatishlaricha, bu kasallik o`ta yuqumli; uning Bobilda keng tarqalganligi haqida saroy yilnomachilari hech nima yozib qoldirmaganlar. Marr va Kelisher shunga asoslanib, gripp, malyariya, tsistosomatoz, tulyaremiya, ensefalit, endokardit kabi bir qator kasalliklar to`g`risida gap ham bo`lishi mumkin emasligini keltirishadi.
Shu paytgacha avvalgi tadqiqotchilarning e`tiboridan chetda qolib kelayotgan Plutarxning quyidagi qaydlari yangi versiya mualliflarining diqqatini o`ziga jalb etdi: «Shaharning (Bobilning) darvozasi oldiga kelib, u qarg`alar to`dasini ko`rdi; ular har tomonga uchishar va bir-birlarini cho`qishardi. Bir nechta qush uning yoniga tushdi». Aynan mana shu ikki jumla tufayli tadqiqotchilar g`arbiy Nil bezgagi haqida o`ylab qolishdi. Chunki bu yuqumli kasallik nafaqat insonlarga, balki qushlar, ayniqsa, qarg`alar to`dasiga ham hujum qiladi.
Tibbiyotchilar o`z taxminlarini GIDEON (GIDEON — umumjahon yuqumli kasalliklar va diagnostika tarmog`i) nomli elektron tashxis dasturida tekshirib ko`rishdi. «Biz Aleksandrdagi barcha simptomlarni kiritib, qushlar to`g`risidagi ma`lumotlarni ham qo`shganimizda javob yuz foiz g`arbiy Nil bezgagi kasalligini tasdiqladi», — deydi Kelisher «Nature» jurnaliga bergan intervyusida. Bungacha Aleksandr o`limini tekshirgan olimlarning bu kasallikni aniqlay olmaganlarining sababi oddiy: g`arbiy Nil bezgagi kasalligini 1999-yilda, tasodifan AQSh hududlariga kelib qolgandan keyingina jahonga ma`lum bo`lgan. O`tgan yilning o`zida bu kasallik virusi 240 nafar amerikalikni hayotdan olib ketdi, bu bezgakka chalinganlar soni esa, mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, 9000 nafarga yaqinlashadi.
Mazkur kasallik Osiyo va Afrikaning ko`plab mamlakatlarida avvaldan tarqalib turgan, biroq 1937-yilga kelibgina Ugandada uning tavsifi ishlab chіqilgan. Iroqdagi chivinlarning uch turi ushbu virus tashuvchilari hisoblanadi. Bu kasallik uch kundan to uch haftagacha davom etishi mumkin, uning inkubatsion davri ham huddi shunday. Darvoqe, Arrian bergan ma`lumotga ko`ra, Midiyadan Bobilga qaytgan Aleksandr ko`llarda «kemani o`zi boshqargan holda» suzgan. Mazkur ko`llar atrofidagi botqoqliklar  esa virus tashuvchi chivinlarning ko`payish joyi hisoblanadi. Bezgak odatda faqat organizmi nimjonlanib qolgan kishilarnigina o`limga olib kelishi mumkin. Ammo ilgari ham ichishni kanda qilmay kelayotgan yosh podsho o`z umrining ke­yingi oylarida sharob ichishda meyordan umuman chiqib ketgandi; muntazam sharobxo`rlik esa nafaіat jangu jadallarda charchagan, balki odatiy yumushlar bilan band bo`lgan kishining ham badanini toliqtirib qo`yadi.
Albatta, boshqalarning so`ziga ishongan holda aniq tashxis qo`yish unchalik to`g`ri emas. «Ammo Marr va Kelisherning taxminlari juda mantiqli va ishonarli ko`rinadi», deydi Rod-Aylend universiteti epidemiologi Tomas Meyter «Nature» muxbiriga.
Shohning o`limidan so`ng uning sakkiz nafar qo`mondoni (diadohlari) imperiyani o`zaro taqsimlab olishdi. Aleksandr o`zini Misrning Siva vohasidagi iloh Amona-Ra ehromiga dafn etishlarini hohlagandi. Ammo Misrga ega chiqqan Ptolemey o`z poytaxti Aleksandriyada unga mavzoley qurdirdi. Maqbara mazkur shaharga asos solgan, ma`budlar bilan teng tutilgan hukmdorga munosib tarzda qoyilmaqom qilib qurilgan. Keyinchalik ziyorat qilgan Yuliy Sezar bu maqbaraga qimmatbaho tuhfalar baxsh etgan. Imperator Avgust esa Aleksandr­ning boshiga tilla gulchambar qo`ydirgan. Imperator Kaligula bo`lsa, aksincha, podshoning ko`krak bezagini o`zlashtirib olib, tantanali marosimlarda uni taqib yurgan. Bu maqbaraga Rim imperatorlaridan so`nggi bora eramizning 215-yilida Karakalla tashrif buyurib, o`zining shohona to`ni va qimmatbaho bezaklarini hadya etgan.
Shundan keyin bu maqbara to`g`risida ishonarli ma`lumot uchramaydi. 392-yilda Vizantiya imperiyasida xris­tianlik davlat dini darajasiga ko`tarilgach, Aleksandriyada ham eski dinlarga mansub ibodatxona va me`moriy yodgorliklar yo`q qilina boshladi. Ko`pchilik tarixchilarning fikriga ko`ra, 397-yilda Aleksandrning maqbarasi ham buzib tashlangan, biroq bu faktni tasdiqlovchi hujjatlar yo`q. Afsonalardan birida aytilishicha, Makedonskiyning mumiyolangan jasadi solingan tobut Aleksandriyadan mahfiy olib ketilib, yashirib qo`yilgan. Uni qidirish ishlari esa asrlardan beri davom etmoqda. O`tgan asrning o`zida uning qabrini topish uchun rasmiy tarzda 150 ga yaqin ilmiy ekspeditsiya tashkil etilgan. 1805-yildan beri yetti bora, jumladan, 1990-yillarda ham ikki marta uning topilganligi e`lon qilindi. Ammo Aleksandrning tobuti hozirgacha topilgan emas.

Aleksandr Makedonskiy