ALEKSANDR II haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALEKSANDR II haqida malumot bilib oling.

ALEKSANDR II (1818. 17 .4 – 1881. 1. 3, Peterburg) — Rossiya imperatori (1855—81). Nikolay II ning katta oʻgʻli. Rossiyaning Qrim urushi (1853—56)da yengilishi natijasida 60—70 – y. larda bir qancha islohotlar oʻtkazdi. Rossiyada krepostnoy huquqni bekor qilishga majbur boʻlgan (1861); Polsha qoʻzgʻoloni (1863—64)ni shafqatsizlik bilan bostirdi. Aleksandr II davrida Rossiya imperiyasi ancha kengaydi: Uzoq, Sharkda Amur daryosining soʻl qirgʻogʻi, Ussuriy oʻlkasi, Ardahn, Kare va Botumi sh. lari, shuningdek gʻarbda Bessarabiyaning bir qismi Rossiya tomonidan bosib olindi. Turkiston oʻlkasining katta qismi bosib olinib, Xiva xonligi va Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga aylangan. 1881-y. martida «Xalq erki» tashkilotining aʼzosi I. I. Grineviskiy Aleksandr IIga suiqasd qilib uni oʻldirgan.

Ensiklopediya.uz
ALEKSANDR II