ALEATIKO haqida malumot bilib oling.
ALEATIKO, Aleatiko pero, Uva liatika — vinobop uzum navi. 1830-y. da Italiyadan Krimga, 19 — a. ning 2-yarmida Oʻzbekistonga keltirilgan. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi bir oz choʻziq, arra tishli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi konussimon silindr shaklida, oʻrtacha kattalikda (boʻyi 15—18 sm, eni 10—13 sm), ogirligi 140—150 g, shingillari oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi dumaloq, qizgʻish-koʻk. Eti muskat hidli, shirador; Hosili faol harorat 2800°—3200° boʻlganda 140—160 kunda pishib yetiladi (sent. oʻrtalarida), tarkibidagi qand 25—26% ga yetadi. Hosildorligi 90—100 s/ga. Toki suvsizlikka chidamsiz. Aleatiko oʻtloqi va soz tuproqlarda yaxshi oʻsadi. Raga bilan zararlanadi, kul kasalligiga chidami oʻrtacha.
Ensiklopediya.uz
ALEATIKO