ALDAR KOʻSA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALDAR KOʻSA haqida malumot bilib oling.

ALDAR KOʻSA — turkiy xalqlar ertaklaridagi toʻqima obraz. A. qozoq, oʻzbek, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird va b. xalqlar satirik ertaklarida hayotiy koʻlamda taʼriflanadi, tarixiy shaxs emas. Aldar Koʻsa anʼanaviy, qad. obraz boʻlib, urugʻ, qabilachilik davrida yuzaga kelgan. Koʻsa atamasi ikki xil maʼnoni: biri — oila, urugʻ, qabila boshligʻini; ikkinchisi — dahanida bir tuki yoʻq erkak kishini anglatadi. Aldar — ismi, koʻsa — laqabi. Aldar Koʻsa ertaklarda asosan ijobiy, baʼzan salbiy obraz sifatida namoyon boʻladi. U oʻta aqlli, tadbirkor, ayyor va ustomon. Aldar Koʻsa salbiy sifatga ega obrazligi keyingi davr xalq ogʻzaki ijodi namunalariga xos.

Ensiklopediya.uz
ALDAR KOʻSA