ALDAN haqida malumot bilib oling.
ALDAN — RF tarkibidagi Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Lenaning eng yirik oʻng irmogʻi. Stanovoy tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanadi. Yuqori oqimida Aldan yassitogʻligini kesib oʻtib, Yakutskdan 160 km quyida Lena daryosiga quyiladi. Uz. 2273 km. Havzasining mayd. 729 ming km2. Daryoda yogʻoch oqiziladi. Kuyilish yeridan 1753 km masofada kema qatnaydi. Kor va yomgirdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha yillik suv sarfi 5110 m3/sek. Aldan quyi qismida okt. oxirida muzlab, may oyida muzdan boʻshaydi. Aldanda baliq ovlanadi.
Ensiklopediya.uz
ALDAN